Kecha yana uchta forumdoshimiz: Y_U_R_I_S_T (Xushnudbek aka), Usmon aka va Lobar AZIZ opalar bilan uchrashdim... Taassurotlar:
Xushnudbek akani rasmlaridan ko`rib va postlarini o`qib, baland bo`yli, qotmadan kelgan, jiddiy inson deb o`ylagandim
butunlay aksi ekanlar. Ya'ni, bo`y-basti kelishgan, xushro`ygina, ochiq chehrali, quvnoqqina, yana mehmondo`st ekanliklari yuzlaridan bilinib turadigan hazilkash yigit ekanla
;
Usmon akani postlarini o`qib, oldingi postlaridan (darslaridan) achki taqadigan "geniy" deb tasavvur qigandim
keyingi aktivliklaridan keyin tasavvurim sal o`zgardi: juda gapga chechan va.... ko`p gapiradigan
deb tsavvur qilgandm. Bu kishiyam aksi bo`lib chiqdi, ya'ni, anchagina mulohzali, tejamkor, har qanaqa odamniyam xurmatini joyiga qo`yadigan O'ZBEK yigiti ekanla. faqat forumda doim quvliklari tutib tursa kerak.
Lobar opa esa tasavvur qilganimdan ham ko`proq bolajon ekanla, tabiatlariyam bolajon... adamni oldida hech erkin turolmayman, qandaydir sir bosadi odamni, Lobar opani oldidayam shunaqa sir bosdi meni, hotirjam gapirolmadim qandaydir
))