Assalamu alaykum.
Allohga tavakkul qilgan bandasini Alloh hech qachon tashlab qo'ymaydi, albatta.
Buni hayotimdagi bo'lib o'tgan bir misol yana bir bora tasdiq qildi. Bu oddiy holat bo'lsa-da, menga juda ta'sir qildi...
Ho'jayinim bilan bozorga bordik,u kishi ro'zg'orga bozor qilish uchun bordila, meni ham kichik bir ishim bor edi bozorda. U kishi tarvuz bozorida to'xtatdila mashinani va menga:"Siz ishingizni bajarib menga tel qiling, men qayerda bo'lsam shu yerga borasiz dedila". Men xo'p, dedimda, ketdim.
Meni ishim juda tez bitdi. Bitishi bilan telefonga qo'l uzatib raqamni tersam"Hisobingizni to'ldiring" desa bo'ladimi. Yonimda bir so'm ham pulim yo'q. Bozorda biror tanishim ham yo'q. Bir oz turdimda, tushib qolgan joyimga boraman, u yerda bo'lmasa narigi tomonga o'tib mashinani qidirib ko'raman, topolmasam piyoda uyga qarab ketaveraman, ALlohga tavakkul dedimda, bozordan chiqa boshladim. HAli bozordan chiqib ulgurmagan ham edimki,bir ayol yonimdan o'tib"Assalamu alaykum" dedi. Men boshimni ko'tarmasdan alik oldimda, ozgina yurganimdan keyin ovoz tanish ekanligini sezib to'xtadim. Yaqin birodarim kulib,Tanimadingizmi, deb turibdi. U bilan salomlashib:"Voy sizni ALloh yetkazdi,telefoningizni bering" desam u hayron....
Bandalarini o'z holiga tashlab qo'ymagan ALlohga hamd bo'lsin...