Javob to'g'ri
Zaharga qarshi doriAlpinist qoyadan tushayotib o'zi bilmagan holda birvarakayiga ikkita zaharli ilon - Kobra va Yapaloq ilonni bosib olibdi. Ilonlar ham qarab turarmidi? Darrov alpinistni chaqishga ulgurishibdi. Alpinist o'ta ehtiyotkor bo'lib, o'zi bilan ilon zahriga qarshi dori olib yurar ekan. Zaharga qarshi dorilarni ikkitadan - birini o'sha zahoti, ikkinchisini esa ertasiga ichish shart ekan. Ya'ni shartli ravishda, Kobra zahriga qarshi dorini "K" deb, Yapaloq ilon zahriga qarshi dorini "Y" deb belgilasak, ilon chaqqan zahoti "K" va "Y" dan bittadan, ertasiga ham yana bittadan tabletka ichish kerak.
Alpinist "K" dori qutisidan bitta dori olibdi, "Y" dori qutisidan olayotib esa, ehtiyotsizlik qilib, kaftiga ikkita "Y" dorini tushirib yuboribdi. Qo'lida hammasi bo'lib 3 ta dori - 2 ta "Y" va 1 ta "K" dorisi bo'lgan alpinistning boshi qotibdi. Chunki dorilar tashqi ko'rinishi umuman farq qilmas ekan.
Siz unga qaysi dorini ichishni aniqlashda yordam bera olasizmi?