27-hadis
Navvos ibn Sum’an (r.a)dan:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Yaxshilik husni xulqdir. Gunoh esa ko‘nglingiz xotirjam bo‘lmagan va odamlar bilib qolishini istamaydigan ishingizdir". Muslim rivoyati.
Vobisa ibn Ma’bad (r.a)dan:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim:
- Sen birr-yaxshilik xususida so‘ragani keldingmi?- dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.
- Ha!- deb javob berdim.
- Qalbingdan so‘ra!- dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam - Nafsing va qalbing xotirjam bo‘lgan narsa yaxshilikdir. Garchi odamlar fatvo berib, seni fatvolantirgan esalar-da, nafsingni xotirjam qilmagan, ko‘nglingga o‘rnashmagan narsa (ish) gunohdir."
Imom Ahmad va Dorimiy rivoyati.