Boylikmi, oqila xonimmi?
Bir vaqtlar Bag’dodda yuz bergan kuchli yong’inda boyning hamma boyligi kuyib kul bo’ldi.
Butun mol-dunyosining birpasda yo’q bo’lganiga chidamagan odam Bag’dod ko’chalarida faryodu fig’on chekib yig’ladi. U odam ham yig’lardi, ham uyiga qarardi. Bu falokatni ko’rib, uning qarshisidan bir oqil odam chiqib debdi:
- Ey do’stim, bu kap-katta odamga yig’lash nimasi?
Uyi yongan odam:
- Men yig’lamay kim yig’lasin?.. Bir zumda hamma molu mulkim kul bo’ldi ketti! Bir lahzada faqir va qashshoq bo’ldim, - deid.
Ko’pni ko’rgan-kechirgan oqil odam:
- Yaxshi, uydagi umr yo’ldoshing qanday? Aqllimi, erining dardi, erining kayfiyatini, erining qadrini biladimi? — deb so’radi.
Uyi yongan kishi bir zu, o’ylanib qoldi:
- Ha, bu jihatdan baxtiyorman. Allohga shukur, farosatli, soliha xonimim bor, - dedi.
Ko’rgan-kechirgan oqil kishining xotini afsuski, ko’ngildagidek emas, bu jihatdan baxtsiz edi. U uyi kuygan odamga bunday debdi:
- U holda nega yig’laysan, ey nodon?! Bu dunyoda mato uchun ham ko’z yoshi to’kadimi? Men shunday bir xotinga uylanganmanki, aqli kalta, er qadr-qiymatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmaysan. Sen aqli kalta, tili uzun, jag’I tinmas bir xotinga uylangin, o’shanda bilasan xalokat nimaligini! Do’konlaring yonibdi, nima bo’pti? Sen sog’ bo’lsang, hammasini topasan. Yoningda ko’nglindagidek xotinning senga madadkor bo’lib, ma’naviy quvvat berib turganidan keyin tezda o’zingni o’nglab olasan.
Izoh va o’git.
Yuqorida keltirilgan bu hikoyadagi izohda ushbu Hadisi Sharif bor edi: "œDunyo foydalaniladigan yerdir. Dunyoning eng foydalaniladigan zaruratlaridan biri esa soliha va ko’ngilga muvofiq keladigan ayoldir". Ko’ngilga xush kelgan ayolga uylanilgan bo’lsa, dunyoning barcha ishlari to’g’ri yo’lga kirdi demakdir. Ota — bobolarimiz: "œIkki ko’ngil bir bo’lguncha samonday sarson bo’lur", deganlar.
Demak, turmushdagi barakot umr yo’ldoshining qandayligiga bog’liq.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar hazinasi" kitobidan olindi.