O"œRTА PОDSHОLIK DАVRI - Qadimgi Misrda mil. avv. 2250-1584-yillarni o"œz ichiga olgan podsholik davri. O"œrta podsholik davrida markazlashgan davlat ancha kuchaygan, Misr Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan Bu davrda Misr poytaxti Fiva, Ittaun, Avoaris shaharlari bo"œlgan. O"œrta podsholik davrida Fаyum vоhаsidа yirik irrigаtsiya ishlаri оlib bоrilgаn. Brоnzа (jеz) buyumlаri pаydо bo"œlgаn. Suriya, Krit, jаnubdа - Punt bilan аlоqаlаr kuchаygаn. Sеnusеrt III dаvridа Kush (Nubiya)ning bir qismi Misrgа qo"œshib оlingаn. ХII sulоlаgа mаnsub dаstlаbki fir"œаvnlаr dаvridа o"œzаrо ichki nizоlаr dаvоm etmоqdа edi. Fаqаt Аmеnеmхеt III dаvridа (19 аsrning 2-yarmi) isyonkоr nоmаrхlаr bo"œysundirilib, mаrkаziy hоkimiyat mustаhkаmlаngаn. Ittаun shahri Misr pоytахtigа аylаngаn. Birоq mulkiy tаbаqаlаnishning kushаyishi kаmbаg"œаllаrning qo"œzg"œоlоnigа sаbаb bo"œlgаn, nаtijаdа tахm. 1750-yilda mаmlаkаt yanа pаrchаlаnib kеtgаn. Mil. avv. 1710-yilda Misrgа shimoli-shаrqdаn giksоslаr bоstirib kirib, mаmlаkаtning kаttа qismini dеyarli 130-yil (1710-1580) egаllаb turgаnlаr. Аvoаrisdа qo"œnim tоpgаn ulаrning pоdshоhlаri ХV vа ХVI sulоlаni tаshkil etishgаn. Fivаdа mаhаlliy hukmdоrlаr sаqlаnib qоlgаn (ХVII sulоlа). Ushbu sulоlаgа mаnsub fir"œаvnlаrdаn Sеkеnеnrа vа Kаmоs оzоdlik urushini bоshlаb yubоrishgаn, bu kurаsh ulаrning vоrisi ХVIII sulоlа аsоschisi Yaхmоs I (Аmаsis) tоmоnidаn muvаffаqiyatli yakunlаngаn. U tахm. 1580-yilda giksоslаrni Misrdаn quvib shiqаrgаn. Shundаn so"œng tiklаngаn Misr dаvlаti Yangi pоdshоlik dеb аtаlgаn. O"œrta podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavnlar: 11-sulоlа: Mеntuхоtеp IV Sаnхkаrа (2015-2007), Mеntuхоtеp V Nеbtаuirа (2007-2000). 12-sulоlа (2000-1787): Аmеnеmхеt I (2000-1970), Sеnusеrt I (1970-1934), Аmеnеmхеt II (1934-1896), Sеnusеrt III (1884-1849), Аmеnеmхеt III (1849-1801). 13- sulоlа (1785-1700). 14-sulоlа (1680-yilgаshа). 15- vа 16-(giksоslаr) sulоlа (1700-?). 17-sulоlа (1680-1580): Sеnеnеnrа, Kаmesu.
SHAMASH - Qadimgi akkadliklarda quyosh xudosi. Oliy hakam, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan.
SHAN - Xitoyda mil. avv. XVIII asrda Chen Tan tomonidan asos solingan davlat. Mil. avv. XVII asrda Shan davlati Shan-In deb atala boshlanadi. Mil. avv. XIII asrning 2-yarmida U-Din podsholigi davrida kuchaygan, mil. avv. XII asrda esa tushkinlikka uchragan. Mil. avv. 1027-yilda Chjou qabilalari U Van boshchiligida In davlatini tor-mor etgan. Shan davlati hukmdorlari: mil. avv.1766-1753-yillar — Chen Tan, mil. avv. 1753-1720-yillar — Tay-Szi, mil. avv.1720-1691-yillar — Vo-Din, mil. avv. 1691-1666-yillar — Tay-Gen, mil. avv.1666-1649-yillar — Sayo-Szya, mil. avv. 1649-1637-yillar — Yun-Szi, mil. avv. 1637-1562-yillar — Tay-U, mil. avv.1562-1549-yillar — Chjun-Din, mil. avv. 1549-1534-yillar — Vay-Jen, mil. avv. 1534-1525-yillar — Xe-Dan-szya, mil. avv. 1525-1506-yillar — Szu-I, mil. avv. 1506-1490-yillar — Szu-Sin, mil. avv. 1490-1465-yillar — Vo-Szya, mil. avv. 1465-1433-yillar — Szu-Din, mil. avv. 1433-1408-yillar — Nan-Gen, Mil. avv. 1408-1401-yillar — Yan-Szya, mil. avv. 1401-1373-yillar — Pan-Gen, mil. avv. 1373-1352-yillar — Syao-Sin, mil. avv. 1352-1324-yillar — Syao-I, mil. avv. 1324-1265-yillar - U-Din, mil. avv. 1265-1258-yillar — Szu-Gen, mil. avv. 1258-1225-yillar — Szu-Szya, mil. avv. 1225-1219-yillar — Lun-Sin, mil. avv. 1219-1198-yillar — Gen-Din, mil. avv. 1198-1194-yillar — U-I, mil. avv. 1194-1191-yillar — Tay-Din, mil. avv. 1191-1154-yillar — I, mil. avv. 1154-1122-yillar — Chjou-Sin.
SHANYU - Xitoy tarixchisi Sima Szyanning yozishicha, xunnlarning harbiy sardori shu nomda atalgan. Xunn sardorlari - shanyulari qattiq intizomli, qilich, kamon, nayza, dubulg"œa bilan qurollangan, tez harakat qiluvchi otliq qo"œshinga ega bo"œlganlar. Ular quyun kabi o"œz dushmanlari ustiga bostirib borib, ularni vahimaga solib qo"œyganlar.
SHER BOSHLI XUDO - Qadimgi Misrda sher boshli quturgan va vabo yuboruvchi urush xudosi.
SHIROQ — jangnoma tipidagi afsonalardan biri. Syujeti tarixiy voqealar asosiga qurilgan. Afsonani birinchi marta mil. avv. XII asrda yashagan yunon tarixchisi Poliyen o"œzining harbiy hiylalar "œHarbiy hiylalar" degan asarida keltirgan. Asarda Shiroq — Sirak deb nomlangan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan otboqar Shiroqning jasorati, tadbirkorligi va erksevarlik fazilatlari hikoya qilinadi. Shiroq o"œz qabilasi manfaatlarini himoya qilib, yakka o"œzi Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo"œshinlarini chalg"œitib, suvsiz, dasht-sahroga boshlab boradi va halokatga duchor qiladi. O"œzi halok bo"œlsada, qabiladoshlarini falokatdan qutqaradi. Qabila va xalq mudofaasi asarning bosh mavzui bo"œlib, bosqinchilarga qarshi kurash, mardlik va jasorat ko"œrsatish esa uning g"œoyaviy mazmunini tashkil etadi. Asarda bosqinchilik qoralanadi, tinchlik va ozodlik uchun kurash ulug"œlangan.
SHIVA - Hinduizmda Brahma va Vishnu bilan birgalikda ilohiy uchlikni tashkil etuvchi xudolardan biri bo"œlib, u barcha mavjudotlarni yakson qiluvchi hisoblangan.
SHUDRALAR - Qadimgi hind diniy to"œplamiga ko"œra, so"œngi to"œrtinchi toifaga mansub bo"œlib, xudo Braxmaning tovonidan paydo bo"œlgan bo"œysundirilgan ajnabiylar, xizmatkorlar, qullar, o"œz urug"œ va qabilalalaridan ajralib kelgan kishilar. Ular zoti past kishilar bo"œlib, jamoaga yaqinlashtirilmagan.
SHUMERLAR (shumeriylar) - Janubiy Mesopotamiyada yashagan qadimgi xalq. Lingvistika va topomika ma"œlumotlariga ko"œra, shumerlar bu hududga mil. avv. 5-mingyillikdayoq kelib joylashishgan. Antropologik jihatdan shumerlar yevropoid katta irqining o"œrta dengiz va bolqon-kavkaz irqlariga mansub. Mil. avv. 3-mingyillik o"œrtalariga kelib shumerlar janubiy Mesopotamiyaning shatqida yashovchi somiylar (akkadlar) bilan aralasha boshlaganlar. Mil. avv. 2-mingyillikning birinchi yarmida shumerlar va sharqiy somiylar yagona akkad xalqiga birlashganlar. Shumer tili mil. avv. 2-1 asrlarga qadar Mesopotamiyada fan va din tili bo"œlib qolgan. Shumerlar Mesopotamiyadagi qadimgi yozuv - mixxatni yaratganlar.
CHANDALLAR («hazar qilinadiganlar») - Qadimgi hind diniy to`plamiga ko`ra, kastalardan birortasiga ham mansub bo`lmagan kishilar toifasi. Chandallar kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan. Uzoqdan ko`rinib ajralib turushlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun chandallar maxsus libos kiyib yurishlari lozim bo`lgan. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur bo`lishgan.
CHINVOT - Zardushtiylarda narigi dunyodagi qil ko"œprik.
CHJANGO (Kurashayotgan podsholiklar) - Xitoyda Chjou sulolasi davri (mil. avv. 403-221). Mamlakatda hukmronlik qilish uchun eng yirik podsholiklar o"œrtasida kurash kuchaygan. Shuningdek, bu davr mamlakatning tez sur"œatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turadi. Chjango davrida podsholiklar o"œrtasida olib borilgan urushlar Sin imperiyasining barpo etilishi bilan yakunlangan.
CHJOU - Qadimgi Xitoy sulolasi va davri [mil. avv. 1027-256 (yoxud 249)] nomi. G"œarbiy Chjou (mil. avv. 1027-771) va Sharqiy Chjou [770-256 (yoxud 249)]. Sulolaga Chjou qabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027-yilda In davlatini tor-mor qilib Shimoliy Xitoydagi barcha qabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindosh-urug"œlarga, van (podshoh)ning safdoshlari va ittifoqchilari udel (mulklar) ajratib berish usulidan foydalanilgan. Chjou zodagonlari harbiy drujinachilarga tayanib ish ko"œrgan, ular orasida begona qabilalar ko"œp bo"œlgan. Shuning uchun Chjou hukmronligi nafaqat ijtimoiy, balki qabilaviy zulmni ham kuchayishiga olib kelgan. Udellarning markaziy hukumat bilan kurashi va udellar o"œrtasidagi o"œzaro nizolar ularning ayrimlarini yo"œq bo"œlishiga va yangi podsholiklar - mustaqil yoki yarim mustaqil davlatlarning paydo bo"œlishiga olib kelgan. Mil. avv. VIII asrdan, Chunsyu davridan e"œtiboran Chjou vanlari hokimiyati zaiflashgan, mil. avv. VII-VI asrlarda mamlakatda amalda eng qudratli podsholiklar - "œgegemonlar" hukm sura boshlagan. Chjango davrida (mil. avv. V-III asrlar) mamlakatda hukmronlik qilish uchun kurashayotgan yettita kuchli podsholik ajralib chiqqan. Chjou sulolasi hokimiyati zaiflashib, u faqat Chjoularning urug"œlariga tegishli mulklarga tarqalgan, xolos. Ularni ham Sin podsholigi mil. avv. 256-249-yillarda bosib olgan. Chjou davrida mil. avv. VI asrdan boshlab temir tarqala boshlagan, bu ishlab chiqarish kuchlarini keskin oshishiga, yer haydashni yaxshilanishiga olib kelgan. Chjou davri bir qancha falsafa maktablari (konfutsiylik, daosizm va b.) vujudga kelishi, adabiyot, tasviriy va musiqa san"œatining tarqqiy etishi bilan ajralib turadi.