Assalomu Alaykum!!!
Moliya institutida o'qimagan bo'lsam-da, sizga u haqda oz bo'lsayam ma'lumot berishga harakat qilib ko'raman.
Toshkent Moliya Instituti :
Avvallari Iqtisodiyut Universiteti (NarXoz) tarkibida bo'lib, Mustaqillikdan so'ng ajralib chiqqan.
Fakultetlari: Kredit Iqtisod, Moliya iqtisod, Soliq va sug'urta ishi, Hisob iqtisod, Boshqaruv, Umumiqtisodiy fakultet.Kirish imtihonlari: Matematika (3.1), Ingliz tili (2.1), Ona tili, Adabiyot (1.1) (2002 yil). O'qitish tizimi yaxshi. Maxsus fanlardan kiradigan o'qituvchilarning ko'pchiligi yaxshi ma'lumotga ega, ba'zilari moliya sohasida ancha tajribaga ham ega. Shu sababli, ixtisos fanlaridan yaxshi bilim olishingiz mumkin. Albatta bu talabaning o'ziga ham bog'liq.
Agar maqsadingiz moliya muassasi (bank, sug'urta kompaniyasi va h.k.) da yoki istalgan korxona yoki tashkilotning moliya-iqtisod bo'limi, yoki buxgalteriyasida ishlash bo'lsa, TMI buning uchun eng ideal variant deb o'ylayman. Agar adashmasam, Kredit iqtisod fakutetida kirish ballari odatda yuqori, Hisob iqtisodda esa birmuncha past bo'ladi. Rasmiy web-sayti:
www.tfi.uzBundan batafsilroq ma'lumotni shu web-saytdan olishingiz mumkin. Kirmoqchi bo'lganlaga maslahatim: matematikaga eng katta e'tibor bering, ingliz tilidan ham kamida 30ta to'g'ri javob yechadigan bo'lsez, kirish siz uchun muammo emas.
Bundanda yaxshi ma'lumotni shu institutda o'qigan yoki o'qiyotgan forumdoshlar qoldirishadi deb umiq qilamiz