Dilshod:
O'zbek estrada yulduzlarimizga faqatgina bu forumimizdagina emas, balki boshqa katta internet saylarida, matbuotda, TV va radio to'lqinlarida o'zlarining tutishi haqida bir qator e'tirozlar bilan chiqiliyotgan bo'lsada o'zgarish o'sha-o'sha. Zamon bilan hamnafas bo'lib rivojlanish bo'lsa kerak bu. Bu haqda ehe qancha gapirilmadi. O'zlarining bergan intervyularida esa bu holatga oddiylik bilan qarashlarini keltirib o'tishgan, "vijdon erkinligi" bilan o'z holatlarini haspo'stlashadi. shov-shuv.uz saytida primadonnamiz Yulduz Usmonovaning Muqaddas Haj safariga borib kelganlari haqida yahshi bir yangilik o'qidim. Inshaolloh ziyoratlari qabul bo'lsin! Lekin maqolaga muhlislarning bildirgan munosabtalrini ko'rib, hafsalam anchagina pir bo'ldi. Har ne bo'lganda ham barcha inson o'zining e'tiqodi, mustaqil fikri va o'zining vijdoni pokligiga ega bo'lsin ekan. Yaratgan barchamizga insof-imon bersin.