YOSHLARGA O’N NASIHAT
"¢Senga hayot baxsh etgan ota-onangni va har vaqt senga yordam berib, hayotingni qo’riqlovchi zotlarni hurmat qil, ularning izzat ikromlarini bajo keltir.
"¢Aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug’ va yor do’stlaringga muhabbat hamda sadoqat ipi bilan bog’lan.
"¢Ma’nosiz yo’llardan sharaf va no’musingni barbod qiladigan ishlardan yiroq bo’l.
"¢Yoshligingni, hissiyoting, sof-pokligingni, sihating, nomusing, obro’ va etiboringni qo’riqla.
"¢Sevishni bil muhabbat va sog’lam aql o’zingga umur yo’ldosh tanlashda yo’lboshchi bo’lsin.
"¢Imkoning etgan vaqtda darhol uylan, bir oila tashkil qilib, o’zingga bir oshiyonini hozirla. Bu ishing insoniy vazifa, o’xshashi bo’lmagan saodat vositasidir.
"¢O’g’illaringni sabrli, matonatli,fazilatli va shijoatli qilib yetishdir. Qizlaringni ham go’zal hislatli qilib tarbiyala.
"¢Oilang hayotini go’zal suratda davom etdir. Oila davrasini sev, u ko’zga yoqimli, qalbga zavq-shavq baxsh etishi uchun kuchingni sarf qil.
"¢Lutfkor va shafqatparvar bo’l. Boshlariga mushkul ish tushgan, falokatga erishganlarga tasalli ber, mushkullikdan qutilishida ularga yordam ber.
"¢Bo’sh vaqtingdan bir qismini odob va axloqqa qarshi bo’lmagan o’yin va kulgularga sarf qil.
"œOz-o’rganib, dono bo’lur" kitobidan