Imomi A’zam Abu Hanifa No’mon ibn Sobit
Imomi A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahma-tullohi alayh, hijriy 80 yili Kufa shahrida dunyoga kel-ganlar. Dastlab ipak va jun matolar tijorati bilan shu-g‘ullandilar. So‘ngra Alloh uning qalbida ilmga muhabbat paydo qiladi. O’tkir zakovatli, teran tushunchali, sog‘lom va juda quvvatli dalillar topishqat’iyati bilan qiyosda, dalillardan yangi hukmlar chiqarishda tengsiz daho edilar. U kishining asl ismlari No‘‘mon, otalarining ismi esa Sobit, bobolarining ismi Zuto bo‘lgan. Zuto Qobul shah-rida tavallud topganlar. Qavmiyatlari, millatlari fors-lardan. Musulmonlar Qobulni fathetishganida, asir bo‘lib Kufa shahriga kelib qolganlar. Zuto Islom dinini qabul qilganlaridan so‘ng, uni qullikdan ozod qiladilar Zuto-dan Kufada Sobit ismli farzand dunyoga keladi. Sobitdan esa bizning Imomimiz — hazrat No’mon ibn Sobit, kunyalari Abu Hanifa, unvonlari Imomi A’zam bo‘lgan zot tavallud topdilar.
Imomi A’zam Payg‘ambarimizning, alayhissalom, asri saodatlarida Kufada o‘sib-ulg‘ayganlar. Shu yerdagi eng katta ulamolardan dars oldilar. Ustozlari Kufa shahrining faqihi, katta muhaddis olim Hammod ibn Abu Sulaymon degan zot edi. Bu davrda ba’zi sahobalar hayot edilar. Jumladan, Kufa shahrida Imomi A’zam to‘qqiz nafar sahoba bilan muloqotda bo‘lganlar.
Abu Hanifa, rahmatullohi alayh, o‘z mazhabini Kufada shakllantirdilar. U zot o‘z fiqh uslubini quyidagicha bayon qiladilar: "Avvalo Qur’oni karimga murojaat qilaman, agar lozim bo‘lgan dalilni undan topa olmasam, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hadisi shariflariga murojaat qilaman. Qidirgan narsamni undan ham topa olmasam, sahobalardan birining so‘zini dalil sifatida olaman, ularning so‘zini qo‘yib, boshqalar aytgan so‘zni dalil o‘laroq qabul qilmayman. Zarur bo‘lgan tilni sahobalarning so‘zlaridan topa olmasam, boshqa tilarning so‘zlariga suyanmay, ijtihod qilgan inson kabi men ham ijtihod qilaman". Ahli sunna val jamoa mazhablari ulamolarini nomma-nom sanasak,
mazhabboshimizning darajasi yaqqol ayon bo‘ladi. Imomi A’zam Abu Hanifa, rahmatullohi alayh, 80 hijriy yilda tug‘ilganlar.
Imom Molik ibn Anas, rahmatullohi alayh, 93-yilda tug’ilganlar.
Imom Shofe’iy, rahmatullohi alayh, 150-yilda tug‘ilganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh, 164-yilda tug’ilganlar.
Imom Shofe’iy shunday e’tirof qiladilar: "Odamlar hammalari — barcha ulamolar Qur’onu hadisni anglashida, masala ilmida Abu Hanifaga bola-chaqalikka yaraydi xolos. Abu Hanifa bilan raqobat qilish darajasiga yetgan inson yo‘q".