Podshoh ziyofat berayotgan ekan... Mehmonlardan biri bo`lgan Afandining ustidan kulmoqchi bo`libdi...
--- Biz kecha afandi ikkimiz bir xil tush ko`rdik, to`g`rimi afandi, debdi...
Afandi nima desin, shohni yolg`onchi qila olmaydi, To`g`ri, debdi noiloj.
--- Ikkalamiz ham mushukka aylanib qolibmiz... Afandi qora mushuk, kamina oq mushuk, to`g`rimi afandi, deb davom etibdi Podshoh.
--- To`g`ri, debdi Afandi.
--- Keyin-chi? --- qiziqish bilan tinglay boshlabdi ziyofat mehmonlari...
--- Ke-eyi-in bir katta qush kelib, ikkalamizni ikkita panjasida tutib, balaaand - balandlarga ucha boshladi... Shundaymi, Afandi?
--- Ha, albatta, debdi Afandi...
--- Keyin u qush ikkalamizniyam qo`yib yubordi! Uchiiib kelib oq mushuk, ya`ni men asal chuqurga, qora mushuk --- afandi hojatxona chuquriga tushib ketdik! Ajoyib bo`ldi-a, Afandi?! Hamma kula boshlabdi. Podshoh Afandining ustidan boplab kulganidan rosa quvonibdi... Qotib - qotib kulibdi...
--- Uyog`ini aytmaysizmi? Davomini unutdingizmi Podshohim, tasodifan so`rab qolibdi Afandi.
Podshoh hayron... --- Uyog`i nima bo`lgandi?
---
Keyin ikkalamiz tushib ketgan chuqurlarimizdan chiqib, qadrdon mushuklardek bir - birimizni rosa yaladik-ku, debdi afandi...