AbdulAziz:
20.02.2006. Bugun metroda "TM" proizdnoy olish maqsadida yo'l chiptalarini sotish shahobchasi tomon bordim. Shahobcha yopig'u, negadir ko'pgina talabalar o'sha yerda to'planib nimanidir o'qishyapti. Hayron bo'lib ketaverdim.
Milliy Universitet bekatidagi chiptaxona ochiq ekan. Chipta sotuvchidan mart oyi uchun "TM" bering, degandim, u: "Yo'q, endi "TM" chiqmaydi. "T" olaver", dedi. Hayron bo'lib undan sababini so'radim. U javob berishni o'rniga devorga osib qo'yilgan e'lonni ko'rsatdi:
Hurmatli yo'lovchilar!
1 mart, 2006-yildan Toshkent metrosi xozrashchetga o'tishi mumnosabati bilan, metroga kirish faqat jetonlar bilan amalga oshiriladi!
Iye, deb yubordim, man faqat metroda qatnayman. Endi esa...