Vaqtiki qo‘lidagi luqma yerga tushsa, pok qilib yegay. Xabarda kelibdurki, yerga tushgan taomni shayton tasarruf qilg‘usidur. Va taom yegandin keyin barmoqlarini yalab, andin keyin dastmolg‘a (sochiqqa) artg‘ay. To ul taomning barakati boqiy qolg‘ay. Va issig‘ taomni puvlamagay. To sovuquncha sabr qilg‘ay. Vaqtiki, og‘zidan bir nima tashlamoqni xohish qilsa, yuzini boshqa tarafga o‘girib tashlagay. Va yog‘liqtaomga sirka qo‘shib yemagay. Tishlab pora qilg‘on luqmani og‘zidan tabaqga solmag‘ay, xaloyiqning tab’i nafrat qilur. Va taom yer vaqtida odamlarningtab’i nafrat qilg‘udek so‘zlarni demagay. Vaqtiki, xurmo va yo o‘rukdek meva yesa toq yegay, chunonchi yetti yo o‘n besh va yo yigirma bir, toki hamma ishlarida Haq subhonahu va taologa munosabat paydo qilg‘aykim, Haq subhonahu va taolo toq va yagonadur. Zikr aytmoq toq bo‘lmasa botil va behudadur. Bas, toq, juftdin yaxshiroqdurkim, Haq taologa munosabati bordur.
Xurmo yo o‘rukka o‘xshash mevaning urug‘ini, danagini tabaqga solmag‘ay. Va taom yeb o‘tirgan vaqtda ko‘p suv ichmagay. Ammo taom yeb bo‘lg‘ondan keyingi odoblar ulki, juda to‘yib ketmasdan avvalroq taomdan qo‘l tortg‘ay. Barmoqlarini yalab pok qilg‘ay. Va dasturxondan non rezalarini (mayda ushoqlarni) terib yegay.
Xabarda kelibdurkim, kishi non rezalarini terib yesa ayshi (yashashi) farog‘atda bo‘lur va farzandi salomat, beayb bo‘lur va huri ayn (shaxlo ko‘zli) bo‘lur. Andin keyin tishlarini toza qilg‘ay. Tili birla tishlari orasidan qolg‘onni tutg‘ay. Va tish kovlagich birla olg‘onni tashlagay. Va kosani barmoq birla sirib yalag‘ay.
Xabarda kelibdur, kishikim, kosani yalab pok qilsa, kosa aytur: «Parvardigoro, bu kishini otashi do‘zaxdan xalos qilg‘il, andog‘kim, meni devlar ilgidan xalos qildi». Va kosani yuvg‘on suvini ichsa bir qulni ozod qilg‘onning savobi hosil bo‘lur. Va taom yeb bo‘lg‘ondin keyin bu duoni:
«Alhamdullillohillazi ata’amano va saqano va kaffano va mavlono», «Qul huvallohu ahad» va surai «Liylofi quraysh»ni o‘qig‘ay.