Otamning ismlari Baxshillo. Buvamning ismlari Baqo. Buvamning otalari Fayzi. Buvam Fayzining bolalik paytlarida ota-onalari quloq qilib yuborilganlar, hovli farzandlarning qo'llaridan olingan, darvozasi bitta fakrikaga darvoza qilingan. Buvam Baqo yosh etim qolganliklari uchun otalaridan oldingi ajdotlari haqida hech narsa bilmaganlar, shuning uchun biz ham hech nimani bilamaymiz. Buvam arablardan ekanlar, buvim xo'jalardan. Arabga xo'janing qizi berilmas ekan, lekin buvimning otalari Sulaymonxo'ja buvam Baqoga ilmli bo'lganliklari uchun ortimdan duo qiladi deb, qizlarini berganlar (gap urug'da emas, kishining o'zligida degandek).