MUSO (as) - Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Misr iodshosi (Fir’avn) Ramses II davrida tavallud topdi. Rivoyatga ko‘ra, Ramses II folbinlari "Bani Isroil" qabilasida bir go‘dak tug‘ilib, u voyaga etgach, podshohning taxtdan ketishiga sabab bo‘ladi deb aytganlar. Shunga ko‘ra, Fir’avn amri b-n barcha tug‘ilgan o‘g‘il farzandlar qatl etila boshlagan. M. (as)ning onasi Alloh amri b-n uni bir sandiqqa solib, Nsht daryosiga tashlaydi. Bu hakda Qur’onda Qasos surasi, 7-11-oyatlarda bayon qilingan. Bolani Fir’avnning xotini topib olib tarbiya qildi. Yosh M. (as) bir misrlik b-n urishib uni o‘ldirib qo‘yadi va Madyanga qochadi (Qasos surasi 12-51-oyatlar) u yerda uylanadi. Ba’zi rivoyatlarda M. (as) Shuayb (as)ning qiziga uylanganligi aytiladi. Bir necha yildan so‘ng Misrga qaytadi. Yo‘lda qorong‘ida adashib qolib, olov ko‘rinayotgan joyga yaqinlashadi. Bu yerda Alloh nidosini eshitadi va u payg‘ambarlikka ixtiyor etiladi. Unga yolg‘iz Allohga ibodat qilib, Fir’avn va uning xalqini iymonga da’vat etish buyuriladi. M. (as)ga birodari Xorun yordamchi qilib beriladi. Misrga qaytib kelgan M. (as) zolim Fir’avnni hidoyatga chaqirib, pand-nasihatlar qiladi. Biroq, Fir’avn va atrofidagilar M. (as) so‘zlarining rostligi, haqiqatan ham payg‘ambar ekaniga ishonmaydilar. M. (as)ning qo‘lidagi tayoqning ilonga aylanishi, cho‘ntagidan qo‘lini chiqarganda, oyna kabi yaltirab ko‘zlarni qamashtirishi kabi mo‘‘jizalarini shunchaki "sehr" deb hisoblaydilar (A’rof surasi 106-126- oyatlar). Fir’avn M. (as)ning qavmi bo‘lmish "Bani Isroil"ga nisbatan tazyiqni kuchaytiradi. Shunda Alloh Misrga turli ofatlar yubordi. M. (as) o‘z qavmi b-n yurtni yashirincha tark etib, Falastin tomon ketadi. Fir’avn ularning izidan tushadi, lekin qo‘shinlarini Qizil dengiz yutib yuboradi (Yunus surasi 90-92-oyatlar). M. (as) Muhammad(sav)ning o‘tmishdoshi bo‘lgan haqiqiy payg‘ambar sifatida ulug‘lanadi. Unga Tavrot kitobi nozil etilgan. Biroq yahudiylar, bu kitobdagi ma’lumotlarni, nasihatlarni buzgan, deb nakd qilinadi. M. (as) Nabu tog‘iga borib, o‘sha yerda vafot etgan.