128-bob. Maslahat so’raladigan kishi amin bo’lishi kerakligi haqida
257. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abul Haysam (r.a.)dan: "Sening xodiming bormi?" - deb so’radilar. U kishi: "Yo’q", deb javob qilganlaridan keyin: "Unday bo’lsa bizga asirlar kelganida bir kelib ket", dedilar. Asirlar kelgandan keyin Abul Haysam ham keldilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Mana shu ikkita asirdan birini o’zingga tanlab ol!" - dedilar. U kishi: "Yo RasulAlloh! O’zingiz men uchun tanlab bera qoling!" - dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Maslahat so’ragan kishi albatta amin bo’ladi. Mana bu asirni olaqol, men uning namoz o’qiyotganini ko’rdim, unga yaxshi qara", dedilar. Keyin Abul Haysamning xotinlari: "Siz Rasululloh (s.a.v.)ning "Bunga yaxshi hara", degan buyruklarini faqat asirni qullikdan ozod qilish yo’li bilangana bajarasiz", degan edi, AbulHaysam: "Unday bo’lsa men uni ozod qildim", dedilar. Shusda Rasululloh(s.a.v.): "Alloh taolo har bir payg’ambar yoki uning xalifasini xalqqa yuborganda, albatta ularning ikkita sirdon maslahatguyi bo’ladi. Ulardan biri yaxshilikka buyursa, ikkinchisi unga yomonlikni tavsiya qiladi va shunday qilishdan tortinmaydi. Mana
shunday yomon maslahatgo’y sirdondan saqlanib qolgan kishi boshqa yomonliklardan saqlanadi",dedilar".
Bu yerda Abu-l-Haysamning xotinini aqlli, yaxshi maslahatgo’y ekan, deb yaxshi sirdon maslahatgo’yiga o’xshatadilar.