Sizga yanabir savol bilan murojat qilsam. Hozir Turkiyada qanday adabyotlar sevib oqiladi yoki mutoalaga etibor qanday? Halqning manaviy ozuqasi qanday tarmoqlardan qondirtirilmoqda yoki qondirishmoqda?
Bu savolingizga statistik ma'lumotlarni qidirgan holda javob bersam aniq bo'ladi. Bunga esa xozircha vaqtim yo'q uzr.
Lekin bir narsa bor, O'zbekiston Mustaqil bo'lganiga endigina 20 yil bo'ldi. Kommunistik rejim vaqtida hech kimga sir emas bir xil ma'nodagi adabiyotlar yozilib, o'qilgan. Mustaqillikda so'ng asta sekinlik bilan dinimiz, milliy qdriyatlarimiz bilan bog'liq kitoblar yozila boshlandi. Masalan bir kitob chiqsa kitobsevarlar darrov eshitadi.
Turkiyani bu masalada O'zbekiston bilan umuman qarshilashtirib bo'lmaydi. Sababi hech qachon Sovet tuzumi ostida qolib bir xil tarzdagi kitob yozilmaganligi, insonlarni har doim hur fikrlaganliklari vhk.
Turkiyadagi gazetalarga nazar tashlashingiz ham mumkin, Biri dindor insonlarni gazetasi, biri esa Kommunizmga yaqinroq, yana biri Kapitalist ruhda. Yana biri umuman siyosiy qarashlardan uzoq.
Kitoblarni mavzulari ham shunday. Bir "Sharq", biri "G'arb"...Har turli inson, har turli fikr bor. Bu turli fikr insonlarini hammasi yagona Turkiyani hosil qilgan holda yashashmoqda.
Ma'naviy ozuqaga kelsak ommaviy ravishda xalqqa shunday qilaylik, degan insonni o'zi yo'q. Xuddi ochil dasturxonday oldingizga noz ne'mat qo'yilgan siz tanlab olaverasiz. Bu sizni iroda, iymoningizga qolmish. Albatta Davlatni rasmiy tv kanallari odob ahloqni targ'ib qiladigan kino, korsatuv korsatishga harakat qiladi. Lekin sizga ikrom etilgan dastuxon, noz ne'mat serob. Aytganimday sizga qolgan tanlash...
Uzr, mazvudan chetlashgan bo'lsam. Faqat Turkiyani tanish jdua qiyin. Chunki har turli inson bor. Har turli hayot tarzi. Turkiyadagilarni o'zlari ham hayron qolishadi bazan...