Men shu ochilgan mavzudan foydalanib Turkiyada yashayabgan Ozbeklar safida sizga bir ochiq va ravshan fikir bildirmoqchiman va sizdan javob soramoqchiman.
Turkiyada manashuncha yashagan bolsak hech bir yerda bizni bayroqni yoki millatimizni ismini kormadik, siz nima uchun bunchalik turk bayroghiga etibor berib qoldiz?
Ikkinchi savolim turklar Ozbeklar haqida salbiy fikrdalar tarihdan bugungacha, siz nima uchun ularni kulturlarini bu yerda tanityabsiz?
uchunchi savolim turklar ozbeklarni korsalar him deb yuz ogirib nafratlanishadi, televizorlarida gazetalarida Ozbek fohisha qizlari deb millatni badnom qilishadi, siz bularga nima deysiz?
Mayli gapiraversa gap kop ammo toghri tushunib toghri javob berasiz degan umiddaman. Chunki Ozbeklarni ayollari fohisha boladi deyishlari bizni nafsoniyatimizga qattiq botadi. Tarihdan biz Ozbeklarga salbiy fikirda bolganlari uchun milyonlarcha Ozbek muhojirlardan hech biri qolmagan Turkiyada. Bundan imkoniyati bolmay chiqib keta olmaganlar mustasno.
A.alaykum. Rahmon va Rahim bo’lgan Alloh nomi bilan boshlabsiz, so’zlaringizga, lekin birgina postgizga shuncha g’arazni qanday sig’dira oldingiz hayronman.
Avvalo siz ham Turkiada yashar ekansiz, adashmasam, Haqiqiy O’zbek tuzini yegan Davlatni tuzlig’iga tupirmaydi!!! Har kuni yuzlab insonni o’qishi mumkin bo’lgan joyda bunday kin, nafrat tuxumlarini ekish na sizga na boshqasiga foyda keltiradi. Eng boshda shuni o’ylashingizni istardim.
Qolaversa o’zingiz haqingizda ma’lumot bersangiz, hech bo’lmasa meni shaxsiy adresimga. Meni shaxsiy ma’lumotlarimni na Turkiyadan nada O’zbekistondan berkitadigan joyim yo’q. Shuning uchun emin-erkin holda Turkiyada O’zbeklarni, O’zbekistonda esa Turklarni tanitishga harakat qildim, alhamdulillah yaxshi taraflarini. Biz Musulmonmiz, bizga Husni zann, yarashadi"¦
Turkiyada O’zbekiston bayrog’ini ko’rmadik, deganingizga kelsak, eng 1 chi sababi muholif lider M. Solih Turkiyaga qochib, yashiringandan keyin O’zbekiston bilan Turkiyani orani buzildi ancha yillar oldin. E’tibor bergan bo’lsangiz, boshqa Turkiy Jumhuriyatlarga qaraganda eng kam O’zbekistonni ovozi eshitiladi. So’nggi yillarda bu "œmuzlar eriy boshladi".
Bu sovuqlikka qaramay, O’zbekistonni bayrog’i İstambul Valiligi qoshidagi "œTurk dunyoni qarindosh to’pliligi" binosida hilpiradi, haliyam bor. Men o’zim 4 yil davomida O’zbekistonlik talabalarni bosh’lig’i edim. Har qancha O’zbekiston rasmiy shaklda talaba jo’natmasa ham o’z ihtiyori bilan Turkiyaga o’qishga kelgan talabalar bilan O’zbekistonimizni bu yerda tanitish uchun qo’limizdan kelgan ishlarni qildik. Siz hech narsa ko’rmadik, deganingiz uchun maqtanish niyyatida emas, faqat isbot uchun shularni aytib o’taman.
1. 10 martaga yaqin Turkiya telekanallarida O’zbekiston bilan bog’liq dasturlarda gohida tarjimonlik qildim, gohida o’zim shaxsiy holda Vatanimni tanitdim. Xozirgi kunda ham İstambuldagi O’zbek konsuli Abror G’ulomov bilan bir necha marta ko’rsatuvlarga qatnashdik. O’tgan yillarda Sherali Jo’rayevga tarjimonlik qildim.
2. 2007 chi yil İstambulda o’qiydigan talabalar orasida Navro’z maqola musobaqasida 1 chi o’rinni oldim. Maqolalar kitob holida nashr etilgan.
3. Turkiya bilan O’zbekiston orasida madaniy tabdirlar ko’p o’tkazildi İstambulda, Anklarada, İzmirda hammasi Turkiya xalqi tarafidan juda katta qiziqish bilan kutib olindi. Hech kim dushman demadi, siz aytganday.
Bulardan eng yirigi Toshkent İslom dinining markazi e’lon qilingandan keyin İstambulda uyushritirilgan sempoziyum edi. Men yana shu dasturda tarjimolik qildim va dasturni olib bordim. Shu kuni salonga kelgan insonlar soni 500dan ortiq edi. Shuncha kishiga osh, somsa ikrom etilgandi. F. Jumaniyozovani konserti oyoqda olqishlangandi.
Hullas sanayversak ko’p ekan. Men shohid bo'lgan voqealar shu darajada ko'pki, hammasi vaqt yetmaydi afsus.
Bilmadim, siz qayerlarda yuribsiz, qanday insonlari ichida hech bunday tadbirlardan xabaringiz yo’q, faqat yomon fikrlar eshitibsiz.
Yomon yo’lga tushib ketgan qizlarga kelsak, hech qachon siz aytganday manshetda: O’zbek falon qizlari" degan xabar ko’rmadim!!! İsbot eting, chunki siz bir Xalqni gunohini olyabsiz bu yerda!
Qolaversa uyidan men shu ishni qilaman, deb chiqqan qizga hech yaxshi muomala ham qilmaydi, buni avvalroq o’ylashi kerak.
Ho’sh siz bir inson sifatida nima qildingiz bu ayol-qizlar uchun?
Men necha marta İstambul emniyatida, Aksaray, Fatih karakollarida ayollarni mafiyani qo’lidan qutqaraman, deb hayotimni tahlikaga otdim, bilasizmi? Bunday voqealar ancha-muncha afsus. Birgina Toshkentdan kelgan Bolalalar vrachi opani qo’lga olgan mafiya odamiga to’ppa-to’g’ri telefon qilganim uchun meni o’ldiraman, deb baqirganda qanday holatga tushganimni tasavvur qila olasizmi??? Opaga vaqtida aytgandim, siz keting, sizga to’g’ri kelmaydi, deb. Yo’q degandilar, pul shirin kelib. Bir ayol o’zini ertasi aniq bo’lmagan yo’lga tashlasa, biz nima deya olardikki???Mana 6 yildan beri haliyam sarson sargardon ekan bu yerlarda"¦
Tarix haqida gapirar ekansiz, iltimos yana faqat o’zingiz qabul qilgan to’g’ri deb bilgan fikrlar bilan hammani shubhada qoldirmang. Muhojirlar qolmagan emish, qanday katta safsata. Siz İstambul, Sultontepadagi O’zbeklar takyasini ziyorat qildingizmi hech???Bu yerdagi qabiristonda Minglab O’zbek yotibdi. Eskidan ota-bobolarimiz Hajga bormasdan oldin İstambulni ziyorat qilar, so’ngra Hajga o’tar ekanlar. Bu mozorda kimlar yotibdi, kimlar. Hatto Buxoro Muxtor Jumhuriyatining so’nggi Tashqi İshlar Vaziri Usmon Ho’ja (Alloh rahmat aylasin) shu yerdalar. O’sha yillarda O’zbekistondan qochgan minglab insonimizga yana Turkiya quchoq ochgan, buni o’zim o’tgan yillarda to’plagan ma’lumotlarimdan yaqqol bilaman.
Men Turkiyada O’zbegimni madaniyatini, tarixini tanitish uchun yelib-yugirdim, o’tgan yili turmushga chiqqanim uchun 1.5 yildan beri harakatlarim sokinlashdi. Ohirgi ishim yana O’zbek-Turk tillaridagi iboralarni qiyoslagan dissertatsiyam bo’ldi. Shu kungacha 2 til orasida tuzilgan eng yirik lug’atni tuzdim. Bu ishni ikki Davlat orasida "œko’prik bo’lish uchun" seva seva bajardim.
Menga istar maqtanchoq deng, istar boshqasi, lekin meni vijdonim pok, menga qilingan yaxshiliklarni bir navi qaytara olganim uchun Rabbimga shukrlar aytaman.
Bu mavzuni nima uchun ochdim, chunki forumdan bir xil savol Turkiya haqida ko’p keladi, shuning uchun bir marta yozay, hamma o’qisin, degandim. Ham Turkiya tarixi faqatgina xozirgi kunda yashayotgan Turklargagina tegishli emas, buni ham unutmang. Bu dunyo merosidir. Masalan Ayasofya so’rabdilar. Bu insho etilgan Turklardan asar ham yo'q edi bu tuproqlarda.
Mendan javob shunchalik.
Sizga eslatma: Meni xozirgi kundagi shaxsiy holatim, sog’ligim sabab asabiylashishim mumkin emas, iltimos bir Din qardoshi sifatida sizdan buni iltimos qilaman.
Kengroq o’ylang, kechirimli bo’ling. Bir insonni sahxsiy fikri bilan bir Davlat, Millatga bunday og’ir iftiro va ayblovlar qilinmaydi"¦chunki bu biz Musulmonlarga yarashmaydi"¦
Alloh barchamizni ko’ngliga yana ham ko’p mehr-muhabbat, shafqat bersin inshalloh.