Assalamu Alaykum wa rahmatullohu wa barakatuhu aziz dinqardoshlar!
Biroz kechroq bo'lsa-da Iyd al Fitr - Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlayman!
Alloh barcha qilingan ibodatlarni O'z dargohida qabul qilsin, ikki dunyo saodatini ko'rishni nasib aylasin. Xonadonlarga fayz, shukuh bersin, ota-onalarimizdan o'tganlarni rahmat qilib, hayotlarini salomat, umrlarini uzoq qilsin! Dilbandlarimizni ko'zimizni quvonchi, zakiy, fozil bo'lishlarini nasibi ro'zi aylasin! O'zimizni Islomda sobitqadam, taqvodorlarga peshvolardan qilsin!