KIRISH
Ushbu postni 18 yoshdan kichiklar o'qishi mumkin emas!!!
Tanlang:
(orqa fonda Ozodbek Nazarbekovning "Man, yana man" qo'shig'i yangrab turibdi)Assalomu alaykuuuum! Bu yana men. Qaynoqqina, issiqqina xushxabarlarni yetkazishda davom etaman.
Sizga sir emas, forumdoshlarning o'zaro oila qurishi sekin-asta xayrli an'anaga aylanib bormoqda. "Y_U_R_I_S_T" axborot agentligining xabar berishicha, forumdoshlar orasida yana bir shunday go'zal oila paydo bo'lmoqda.
Ikkala forumdoshni ham siz juda yaxshi taniysiz. Forumdoshlar orasida akamiz ham, opamiz ham o'ziga yarasha hurmat va e'tiborga ega.
Ular kimligiga qiziqayapsizmi? Ismini bilmoqchimisiz? Bu forumdoshlarimiz
T.YUsupov va
G_U_l_i!
Ismlarni to'liq holda ko'rish uchun 9998 qisqa raqamiga "Aytaqoling" degan so'zni SMS orqali yuboring. Shunda sizga "Damizni oling" degan javob keladi SMS narxi barcha qo'shimcha soliqlarni hisobga olgan holda 75 sent.Shunaqa qilib pul ishlamasam, suyunchidan bir so'm ham foyda bo'lmayapti, qurumsoq forumdoshlarni deb...
To'y kuni aniq bo'lgan. Xudo xohlasa,
07.07 kuni soat 07.07 da nahorgi oshga tashrif buyuraverasizlar qiyshayiiiib. (7-iyul)
Manzil:
Sergeli guzari. Qaysi tumanda joylashganini aytmayman
Ikki yosh baxtli bo'lsin! Ilohim, hamma xavas qiladigan, eng baxtli, saodatli oila bo'lsin! Hamma ezgu tilaklarim sizlarga!
Hurmat bilan,
"Y_U_R_I_S_T" axborot agentligi prezidenti
Y_U_R_I_S_T!