1080-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori
481-bob.Xossatan salom berishni yomon kurgan kishi haqida
1081. Toriq ibn Shihob (r.al.) aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzurlarida o'tirgan edik, namozga qomat aytilgani eshitildi. Abdulloh (r.a.) turdilar, biz ham u bilan birga turdik, masjidga kirdik. U kishi masjid to'rida odamlarning ruku'da turganini ko'rdilar va takbir aytdilar. Biz (etib) keldik va (Abdulloh (r.a.)) nima qilsalar, o'shani qildik. Shu payt bir kishi chopib keldi-da: "Assalomu alaykum, ey, Abu Abdurrahmon", dedi. U kishi (Abdulloh (r.a.)): "Alloh to'g'ri so'zladi va Rasuli (s.a.v.) ham yetkazdi", dedilar. Namoz o'qib bo'lganimizdan keyin Abdulloh (r.a.) ahli oilalari oddiga qaytdilar. Biz joyimizga borib, u kishining chiqishlarini kutib o'tirdik. Bir-birimizga "(Abdulloh (r.a.)dan) kim so'raydi?" - dedik. Toriq: "Men so'rayman", deb so'ra-gandi, u kishi Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlarini aytdilar: "Qiyomatta yaqin salom xossatan (faqat tanishlarga) beriladi, tijorat keng tarqaladi, hatto ayollar erlariga savdo-sotiqtsa yordam qiladilar, qarindosh-urug'chilik rishtalari uziladi, ilm-fan keng yoyiladi, yolg'on guvohlik berish hollari yuzaga chiqadi va haqqoniy guvohlik yashirin tutiladi".