Javob: Savolni o'qib bir voqea yodimga tushib ketti. Yoshligimda, bir itimiz 'lardi, rosa aqli edi. Akam bir kuni it qaridi deb boshqa bir it olib kldi. Rosa qopag'on it ekan. Eski itimiz yuvoshligi uchun bog'lanmagan, yangisini essa bog'lab qo'ygandik. Bir kuni, man sigirlarga suv va yem-hashak berish uchun, qo'limda to'la ikkita chelak suv bilan og'ilxona tomon yurdim. Bir vaqt qarasam, yangi it man tomonga shiddat bilan kelyapti, ipini uzgan ekan, nima qilishimni bilmay qotib qoldim, u manga chamasi uch metr uzoqlikdan o'zini otdi, bo'ldi tamom deb o'ylagandim, manga kelishiga bir metr qolganda esa, yon tomondan berilgan zarba tufayli yerga quladi, bu eski itimiz edi. Xoh ishoning xoh ishonmang o'rtada xuddi kinolardagidek jang ketdi, man biroz kalovlanib qoldim, keyin esa darrov molxonaga kirib eshikni yopib oldim. Itlar janjallashib mandan uzoqlashib ko'rinmay ketishdi, 10-15 daqiqalar o'tgandan keyin, qari itimiz har-har zamon vovillab yana jim bo'lib qolardi, bu holatga hayron qoldim, bu holat 4-5 marta takrorlangandan keyin, qo'rqa-pisa tashqariga chiqdim, qarasam, qari itimiz yangi itni bir burchakka qisib olgan, chiqqanini qo'ymay turgandi, har-har zamon esa man tomonga qarab vovillab qo'yardi, ishonasizmi lol qoldim bu holatni ko'rib, darrov uyga kirib oldim, uyga kirgandan keyin, qari it yangisini qo'yib yubordi. Shunaqa gaplar...
Savol qolsin.