Savol: So'nggi bor sizni yig'lashga majbur qilgan hodisa nima bo'ldi?
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=210.new#new
Savol: Atrofingizda do'stlaringiz, birodarlaringiz, qonu-qarindoshlaringiz ko'p...
Ulardan qay biri (bir inson) sizga go'zal na'muna bo'lganu, o'sha insonning shu hislatini yaxshi ko'rasiz va o'sha insondagi shu hislat sizda ham bo'lishini xohlaysiz va harakat qilasiz?
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Avvalom bor birinchi savolga adminimiz bergan savolga javob bersam.
Eng oxirgi yig'latgan holatni aytib beraman. Bir kino ko'rdim. Kino nomi "Yig'lamagin" edi adashmasam. O'sha kinodagi bolalarota-onasining qabrini ziyorat qilish sahnasi meni yig'latdi. O'zim bilmayman, qanday ko'zimga yosh kelganini, tanamdan sovuq ter chiqib ketdi. Juda ham ta'sirli holat!!! Ko'rmaganlar uchun ko'rishni tavsiya etaman.
Endi ikkinchi savolga javob bersam. Menga yaqinlarimning har biri birdek azizdir, hammasidan ham nimanidir o'rganganman va hali hanuz o'rganyapman. Birini aytsam boshqasi qolib ketadi.
Ammo bir kishi bor, u kishini birinchi zikr etmasam, onam urushadi.Meni bu dunyoga keltirgan, soddadil, bag'ri keng inson Otajonim bu hayotda menga go'zal namuna bo'lgan va Xudoga ming qatla shukrki hozir ham namuna bo'lib kelayapti. Ollohni, uning Rasulini tanishimga sababchi bo'lgan, halol va haromni ajratishni o'rgatgan kishi - bu otam. Eng hurmat qilganim otamning kungil ochiqligi, samimiyligi, chumoliga ham zazar bermasligidir. Ushbu xislatlaridan o'rnak olishga harakat qilaman. Yana boshqa bir hislati juda ham sabrlidirlar, Umrlari uzoq bo'lsin, bolalarini - bizlarni rohatimizni ko'rib yursin,Ilohim.
Ollohning inoyati bilan bundan besh yil oldin ukachalik bo'lganmiz. Otam shu yoshlarida ham kenja farzandlari bilan ot-ot o'ynardilar. Shu yoshda ham deganimga qari ekan deb o'ylamang, hudoga shukr 50 yoshga to'ldilar bu yil. Men - to'ng'ich farzandlari haftada bir bora uyga borar edim. Otamning ukam bilan o'ynashlarini, uning injiqliklarini ko'tarishlarini ko'rib bundanda bag'ri keng inson bormikan dunyoda deb o'ylardim. ( U paytlar dinimiz haqida, Payg'aybarimiz s.a.v haqida to'liq ma'lumotga ega emasdim).Otam o'gitlariga quloq solib, ularga ergashib kam bo'lmadim, Xudoga shukr.
Endi men keyingi foydalanuvchiga savol bersam. ( Savollarim savolga o'xshamagan bo'lsa, meni emas dangasaligimni ayblab qo'yavering. Men ham shunday qilaman.)
Bir ilm egasi aytgan ekanlar (menga otam ko'p bora uqtirar edi): "Har bir shaharu qishloqga qurg'on qurgin, bolam . Yo'ling tushganda qiynalmaysan, qayerga boraman deb o'ylanmaysan, to'g'ri qurg'oninga borasan". Siz nima deb o'ylaysiz? Bu nasihatga qanday qaraysiz? Nima tushundingiz buning zamirida? Qurg'on deganda nima nazarda tutilyapti?
Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!
Otam haqlariga duo qilinglar, ahli mo'minlar bir-bringizni duo qilingiz! Men sizlarni duo qilib qolaman, Ollohim oqibantingizni xayrli qilsin, Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!