Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda siz bugungi o'tgan kuningiz haqida mulohazalar qoldirinshingiz mumkin.
Bugungi kun ham sessiyani yopish bahonasida o'qishga bordim. Axborot texnologiyalari fani domlamiz topshirgan ishlarimiz bo'yicha bahoni qo'yib berdi: 95 ball.
Undan so'ng o'quv yilining oxirida kiritilgan "Prezident ma'ruzasidan" maxsus kursga baho qo'ydirgani bordim. Ba'zi bir domlalarga hayronman. Ikkita dars oldin kuyib-pishib, demokratiya, korrupsiya, poraxo'rlik haqida to'lib-toshib gapirgan domlaning bu kungi ishlarini ko'rib...
Pul insonni 1 sekunda o'zgartirib qo'yarkan... Kimlardir senga tekindan jaraq-jaraq berib tursin-chi... Kechagi insoniylik haqidagi gaplar havoda o'ynab yurardi...
Xullas, bahoimni ololmadim. Yana ertagaga qoldi...
Uyga kelyapman-u, o'zimga o'zim savol beraman, nega ba'zilar hech darsga kelmay, qatnashmay, hatto ishlarni ham yozmay, eng yuqori bahoni olib ketishadi-da, biz bo'lsak...
Shunisiga ham shukr. Ana o'shalardan qilmaganiga shukr...
Allohim, barcha bandalaringga insofu tavfiq ato etgil!