Onasini ko'rib qizini ol
Maqollar takror-takror bo'lib ketyapti, e'tiborliroq bo'lsak, yaxshimikin?
Bismillohir rohmanir rohiym!
Robiya forumdosh, bu mavzu ikki - uch kunni ichida 16 sahifaga yetdi. Hamma ham bu yerda men yozayotgan maqol yozilganmikin deb ko'rib chiqa olmaydi. Keyin gap kimning qancha maqol bilishida ketyapti, bir necha kishi bir maqolni qaytarsa zarari yo'q deb o'ylayman. Ammo bir kishi bir maqolni bir necha bor qaytarib yozsa, bu qoidaga to'g'ri kelmaydi. Vaqtim bo'lganda ko'rib chiqaman, kim ko'p maqol yozganini. Siz ham boshqa forumdoshlar kabi bilganingizni yozib ketavering, faqat ko'chirish bo'lmasin, ko'chirib yozayotganlar bo'lsa, bu vijdoniga havola. Shunaqa gaplar. Hammaga omad tilayman.
Kuningiz barokatli o'tsin!