Mana shu mavzuga doir yana bir juda go'zal hikoya...
Abdulloh ibn Muborak sahroda yo’ldan adashdi. Yurib-yurib uzoqdan bir quduqni ko’rdi. Quduqni ko’rgach, "œEndi chelak bilan bir arqon ham bo’lsaydi", deb ko’nglidan kechirdi. Quduqqa yaqin borgach, ko’rdiki, chelak ham, arqon ham yo’q, suv esa ancha pastda edi. Ibn Muborak hayron bo’lib, bir chetga borib o’tiri. Shu payt sahro qo’ynidan bir kiyik bitta-bitta qadam bosib, quduq tomon kela boshladi. Yetib kelgach, tumshug’ini quduqqa suqqan edi, suv yuqori ko’tarildi, hatto quduqdan toshib chiqdi. Kiyik suv ichib, yana sahroga kirib g’oyib bo’ldi. Hayronu lol bo’lgan Abdulloh yugurib quduq boshiga bordi. Suv esa Abdulloh yetib borguncha yana pastlab ketdi. Shunda uning qalbida bir nido otilib chiqdi va dedi:
"œYo Rab, berursan ohug’a ob,
Menga bermassan, ey sultoni Vahhob?!"
Shu payt Abdulloh ibn Muborakning qalbiga bir nido keldi: "œO’sha sen ko’rgan ohu sahroga rizq istab chiqqan paytda Mendan o’zgaga tavakkul qilmadi. Sen esa quduqni ko’rgan vaqtda qalbingni chelak va arqonga yubording!"
Ibn Muborak bu nidoni eshitib behold bo’ldi, bu tanbehdan qalbida zavq daryosi jo’shq urdi va shundan keyin to tirik ekan, chanqamadi:
Muhabbat jomi ho’l qildi tomog’in,
Tiriklikda unutdi suvsamog’in.
So’fi Olloyor "œSabotul ojizin"