Bahri bayt  ( 874439 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 181 182 183 184 185 186 187 188 189 190 191 ... 255 B


Kumush  27 Iyun 2009, 19:43:51

Rizqu ro'zin sochib aylanar falak
Sen esa dalangdan topolmay halak
Bolangga bergali bitta handalak
Nega yig'lamaysan ahli Andijon?

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Whizz-Kid  30 Iyun 2009, 15:00:27

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondan judo,
Aylamas to'ti takallum shakkaristondan judo.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Afruza  30 Iyun 2009, 21:55:49

Olamni piyoda kezib chiqqanalar,
Ikki dunyo so'zin dilga tukkanlar,
Bizlardan ortiqroq biladilarmikin,
Jahon sirlarini bir-bir yiqqanlar.
                      Umar Xayyom

Qayd etilgan


Abdulhafiz  01 Iyul 2009, 08:34:46

Ro'zi mahsharda, Xudoyo, na kechar holim mening,
Zoye` o'tti bexabarlikda mahu solim mening.
Qilmadim zikri Xudoni bir huzuri dil ila,
Ma'siyat yo'lida o'tti doimo holim mening.
Huvaydo

Qayd etilgan


Whizz-Kid  01 Iyul 2009, 15:28:21

Gar aqlin rahnamo qilolmas kishi,
Dilin o'rtar uning qilgan har ishi.

Hushyorlar "devona" deyishar uni,
Xeshlari "begona" deyishar uni.

Firdavsiy

Qayd etilgan


Fatima  02 Iyul 2009, 18:28:26

Ibrat oling, ey xalq, jahondan hamma ketdi,
Kim olamga keldi, hamma armon bila ketdi,
Chin bandalari oxirat asbobini etdi,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Jahd ayla, qazo alamagin ro’za namozing,
Tur erta sahar, Tangriga arz ayla niyozing,
O’tkarma abas kechayu kunduz, qishu yozing,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Otayu ona, qavm-qarindoshingni qil yod,
Ham yor, birodaring qani, ul pir ila ustod,
G’ofillik ila berma aziz umringni barbod,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Yo Rab, qil ani ravzoyi rizvon bila ulfat,
Fazling bila ahvoliga boq, ayla inoyat,
Turg’uzgali ham ravzosida ro’zi qiyomat,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Ey Andalibo,o’tdi jahondan necha shahboz,
Bu umr baqosiz, qiladir bir kuni parvoz,
Muso Kalim erdi Xudoga qilibon roz.
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.

Nurmuhammad Andalib

Qayd etilgan


Fatima  02 Iyul 2009, 18:37:13

KERAKMASMU SANGA?

Istading, ey dil, ko’zin, joning kerakmasmu sanga?
Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga?

Dardu g’am seli bila buzding ko’ngil koshonasin,
Ey malohat ganji, vayroning kerakmasmu sanga?

Jam’ etib, o’tlug’ ko’ngullarni muqayyad aylading,
Halqayi zulfi parishoning kerakmasmu sanga?

Tiyri g’amzang muddaiy ko’ngliga zoye’ qilmakim,
Ul xadafdur xora, paykoning kerakmasmu sanga?

Sarsari ohimni, ey gardun, qilursan tundu tez,
Mash’ali xurshedi raxshoning kerakmasmu sanga?

Ey gul, aylarsan jafo xorin urub, Munisga javr,
Andalibi dilkash ilhoming kerakmasmu sanga?

Nurmuhammad Andalib

Qayd etilgan


Whizz-Kid  04 Iyul 2009, 22:15:25

Acchiq mevali bir daraxtni agar,
Jannatning bog'iga ko'chat qilsalar,
Kavsardan suv ichsa chanqagan mahal,
Suv emas bersalar sharbatu asal,
Yetilgach hosil ham beradi axir,
Va lekin mevasi bo'ladi taxir.

Firdavsiy

Qayd etilgan


Fatima  08 Iyul 2009, 15:44:55

Raiyat erur mevalik bir yag‘och,
Suv bersang ango, meva berur sango.

Poshshoxo`ja

Qayd etilgan


Fatima  08 Iyul 2009, 15:47:52

Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar,
Yoruq jahonni ko’zumga qarong’u qilmishlar.

Chag’ir bag’ri qonidur barcha ishq ahlig’a,
Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.

Ne qilsam aylama, ey yor, aybkim, menda
Jununi ishqu yigitlik bori qotilmishlar.

Salohg’a xirad ahli meni yovuq derlar,
Ko’rungki ushbu chechanlar yiroq yangilmishlar.

Ne sud ishni eldin yoshurmoq ey Bobur,
Chu holatingni bori olam ahli bilmishlar.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Qayd etilgan