- Ummatim sollana-sollana, KIBRLANIB yuradigan bo‘lib qoldi, forslar va rumlar ularga xizmat qila boshladi, ammo hali Alloh kimni kimning boshiga balo qilishi ma’lum emas.
- Kim o‘zida buyuklik ko‘rsa va yurganda KIBRLANSA, Allohga yetishgan vaqtida Uni g‘azablangan holda topadi:
Abu Bakr Huddali (hijriy II asrda yashagan tobeinlardan) hikoya qiladi:
— Bir vaqt Hasan Basriy bilan o‘tirgandik. Ibn Adham yonimizdan o‘tib qoddi. Jome’ning sultonlarga oid qismiga kirish niyatida edi. Ustida dengiz qo‘yi junidan (terisidan) bir libos bor edi, gerdaygancha sollana-sollana borardi. Hasan Basriy uni ko‘rganda:
— O’h, o‘h!.. Kibrni qarang, burun naqosmonda! Qovoqlar soliq, sollanib yurishlar bo‘lakcha, o‘ngu so‘lga viqor bilan boqishlar!.. - dedi. So‘ngra qo‘shimcha qildi:
— Ey ahmoq, sen yelkalaringdagi Allohga shukr qilmay, Uni esga olmay, Uning qonunlariga amal qilmay topgan va shukri ado etilmagan ne’matlaring ila kerilmoqdasan. Alloh ato etgan a’zolaringning har biri Uning bir ne’matidir. Allohga ont ichib aytamanki, har qanday insonning tabiiy holda, qimtinib, o‘zini bir oz noqulay his qilib yurishi bunday gerdayib yurishidan xayrliroqdir.
Ibn Adham bu so‘zlarni eshitdi. Orqasiga qaytib keldi, Hasan Basriydan uzr so‘ramoqchi bo‘ldi. Lekin bu shunday dedi:
— Mendan uzr so‘rama, Allohga tavba qil. Alloh nima deb buyurganini eshitmaganmisan:
— Yer yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) hargiz Yerni yorolmaysan, bo‘y-bastda tog‘larga yetolmaysan. Bularning bari Parvardigoringiz nazdida makruh bo‘lgan gunohlardir. (Al-Isro surasi, 37-38-oyatlar)
Bir yigit Hasan Basriyning yonidan o‘tib ketayotgan edi. Ustida yaxshi gazmoldan tikilgan libos bor edi. Hasan Basriy uni chaqirib, shunday dedi:
—Ey odamzod, yoshligingga mag‘rursan, ko‘rinishlaring va xatti-harakatlaring o‘zingga yoqadi. Go‘yo allaqachon qabrga kirib yotib chiqqanday va go‘yo amallaring qay ahvolda ekanligini bilganday yuribsan. Uyat senga! Esiz senga! Qalbingni shifolab ol. Uni go‘zal tuyg‘ular bilan naqshla, zero Allohning bandalaridan kutgani qalblarini isloh qilishlaridir.
Muhammad ibn Vose’ o‘g‘lining kibr-havoli bo‘lib qolganini payqadi, uni chaqirib, dedi:
- Sen kim bo‘lganingni bilasanmi? Onangga kelsak, uni yuz dirhamga sotib olganman (mahr). Otangga kelsak, Alloh musulmonlar orasida uning kabilarni aslo ko‘paytirmasin! (Sen nimangga gerdayasan?)
Ibn Umar bir kishining libosi tufayli kibrlanayotganini ko‘rdi va dediki:
- Yer yuzida ham shaytonning tug‘ishganlari ko‘p! Shayton KIBRGA berilib, Odamni mensimagani uchun Allohning rahmatidan mahrum etilgandi)...
Ibn Umar bu so‘zni ikki yoki uch marta takrorladi.
Mutarrif ibn Abdulloh (hijriy I asrda yashagan sahobalardan) Muhallabni (hijriy 1 asrda yashagan sahobalardan) ko‘rdi. Yangi va go‘zal xirqa kiyib, gerdaygancha ketayotgan edi. Mutarrif unga qarab dedi:
- Ey Allohning bandasi, bu qanaqa yurish? Bunday yurishdan Alloh ham, uning Rasuli (s.a.v.) ham g‘azablanadiku?!