Bissmillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Har bir odam aziz. Har biringiz aziz. Olloh aziz qilgan aziz!!!
Odam bo'lib bino bo'lganimga ham mana chorak asr bo'libdi. Albatta bizning hisobda. O'lim yaqin, juda yaqin, ammo qachon? O'lim so'zini eshitganda kishining tanasidan sovuq ter chiqib ketadi. Ammo nega? Nega bunchalik qo'rqamiz? Qo'rquv!!! Kim qo'rqadi aslida? Mana shu fikrga kelgunimcha eshitganlarim :kishi Ollohdan qo'rqadi, mol - davlatini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi, aziz kishisini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi, obro'i to'kilsihidan qo'rqadi va hakozolar. Birma bir sanasam adog'i yo'q. Men ham mana shu odamlar orasida o'sdim, ulg'aydim, ta'lim oldim, oq va qorani tanidim, o'qib o'rgandim va hozir ham o'rganyapman. Ammo bunday fikrga nega men yoki ba'zilar kelishdi, hamma emas. Chunki shunday bo'lishi kerak edi, shuning uchun shunday bo'ldi. Buni taqdir deydilar. Nega aynan siz ushbu postni o'qiyapsiz, boshqa emas. Aynan siz ushbu postni o'qib o'zingizga nimadir oldingiz-u, boshqa esa yo'q
Kim qo'rqadi? Nimaga qo'rqishadi degan savolga men javob topdim.Aslida Ollohning ko'p suygan bandalari bu savolga javob topishgan. Demoqchimanki men ham shunday fíkrga keldim. Iymonsiz odam qo'rqar ekan. Qo'rqoq odam iymonsiz bo'lar ekan. Agar men iymonli bo'lsam, nima uchun o'limdan qo'rqishim kerak ekan. Aslida odamlar qo'rqayotgan narsalari arzimagan narsa. (ODDIY HAQIQAT)Qo'rqishimiz kerak bo'lgan narsadan qo'rqmay, qo'rqmasligimiz kerak bo'lganlaridan qo'rqyapmiz.(ODDIY HAQIQAT) Ollohdan qo'rqish emas, aksincha uni sevish kerak. Biz esa unga yaqinlashishdan qo'rqamiz. O'lim desa zir-zir titraymiz. Olloh qahridan shaytonga ergashganlar qo'rqsin, biz esa sevishni o'rgananaylik.Menimcha qo'rqan odam seva olmaydi.
Men dunyoimni mushohada qilib, tafakkur qilib shunday bir fikrga keldimki, men o'lib qolishimdan emas, tirikligimdan qo'rqib ketayapman. O'zimdan o'zim, yashayotganligimdan qo'rqib ketayapman. Bu bir burda tanada mening ojiz ruhim va shayton vasvasasi borligidan qo'rqim ketyapman. Shaytonga ergashib ketishdan qo'rqayapman, ammo Ollohning shaytondan ko'ra menga yaqinroq bo'lganligi taskinlik berib turadi. Bu bilan shaytondan qo'rqaman demoqchi emasman, balki unga buysunib qolishdan, buzuq ,Olloh harom qilgan ishlarga qo'l urib qo'yishimdan qo'rqayapman. Ollohdan emas, Olloh qahriga duchor bo'lishlikdan qo'rqishmiz kerak.
Salomat bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!