Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz  ( 129853 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 31 B


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:35:30

107

Bilga-Hoqon o‘lim oldi talvasasida yotardi. «Agar prodshoh onangga tegajog‘lik qilsa, dardingni kimga aytasan?», - eng so‘nggi kuchini to‘plab baqirdi u. Na xotini Pobeka va na o‘g‘li Yo‘lluk bu so‘zlarning asl ma'nosini tushundi: Hukmdor bu bilan Ko‘k O'g‘lini nazarda tutdimi yo saltanatning ko‘zu qulog‘i bo‘lishi uchun yuborgani Meyluchjonimi? Balki Bilga-Hoqon uni hamma narsadan mahrum qilgan Hukmdorlar Hukmdori - Tangrining O'zi haqida shikoyat qildimi? Boshqa kimdan shikoya qilishi mumkin?
Nimagayam Kul-Teginning janozasiga kelganlarni atrofida to‘plashga qaror berdi? Demak, ularni o‘zining janozasida qatnashishi uchun tutib turgan ekan-da. Ulardan nima kutgan edi - aqlu-zakovat kitobinimi va yo insoniyliknimi? O'zlari qilgan ishga mos kelmaydigan so‘zlarinimi? Butun umr bilgani, so‘zi bilan emas, faqat qilich kuchi bilan o‘ziga bo‘ysundirgani nokomil inson zotidan nima kutgan edi? Nima sababdan o‘zini o‘zi sotdi, nechun sarob ortidan ergashdi?

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:35:36

Mana endi ekkan hosilini o‘ryapti: tarafdorlari uni yo‘ldan ozdirdi, dushmanlari yanada kuchliroq bo‘lib ketdi, mamlakat esa qum, balki mayda-mayda tuproq zarrachalariga aylandi. Hatto o‘z oilasi barbod bo‘ldi: Pobeka ko‘chmanchi aravasini bir tomonga tortadi, Kul-Teginnning xotini o‘zini boshqa tomonga tashlaydi, o‘g‘li Yo‘lluk osmonlarda uchib yuradi va Dono Tongyuquq ularning barchasini bir joyga yig‘olmay halak... Bilga-Hoqonning o‘zi nima istagandi? Biladimi o‘zi? Bu dunyoda askarlarining bevafoligiyu sargardon odamlarining zaharlab qo‘yishlarini bilarmi edi? Aqldan ozib bo‘lganingda dunyoning aqlu zakovati nimaga kerak endi? O'layotganingdagi kuch-qudratingdan ne foyda? Ne...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:35:48

108

Ikki safar ham orqamda turgan odamlardan yuzimni o‘girgancha, ko‘nglim behuzur bo‘lib qayt qildim. Mo‘g‘ulsitonda Oyun (yo‘lboshichimizning ismi shunday edi) menga yordamga keldi, yuzim va og‘zimni muzdek, ta'msiz qor bilan yuvib olganimdan keyin, u ichirgan achchiq hind choyini obihayot kabi his qildim. Mo‘g‘ul ayollari boshqa barcha ko‘chmanchi ayollar singari ruhan juda kuchli bo‘lishadi, ular erkaklar bilan bab-baravar, balki ulardan ham kuchli va aqlliroqdirlar. Balki bunga ularning tillarida «jenskiy rod»ning yo‘qligi sababdir. Oyun ham ana shunaqalar xilidan edi: kamgap va hayajonga tez berilmaydigan, lekin dilkash va ishonchli. Buning ustiga u judayam go‘zal ayol edi, lekin umrimda birinchi marta ayolga nisbatan shahvat tuymadim. Hayotimda ilk bor yaqinlikka o‘xshash bir hisni angladimki, u shahvoniy hirsdan ko‘ra shirinroq edi. Mahalliy cho‘ponlar va taklif etilgan mutaxassislarga hamma narsa tarjima qilib bo‘lingach, Oyun endi biror joyga bora olishimizni aytdi. U qolganlarga mening doktorga uchrashim kerakligini tushuntirdi va biz «Jip» ga o‘tirgancha sahroga qarab ketdik.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:35:55

U meni O'rxun yozuvlarini ko‘rishga olib keldi. Garchi bu vaqtga kelib ular to‘g‘risida deyarli hamma narsadan xabardor bo‘lsam-da, lekin bu oddiy va kattakon toshlarning qanday qilib sahrodan osmonga otilib chiqqanini hech tasavvurga sig‘dira olmasdim. Qor ularning tusini o‘zgartirolmadi, shamol necha asrlar avval o‘yib yozilgan harflarini uchirib ketolmadi, hatto odamlar o‘z ehtiyojlari uchun ularni sudrab ketishga botinishgani yo‘q.
Men bir toshga tekkan edim, barmoqlarimni tok urdi. Bu nima edi? Ob-havoning sovuqligimi yo yurak og‘rig‘imning issiqligi? Bilmadim, lekin Oyun yengchamdan tortib, barmog‘ini lablariga bosdi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:36:06

109

Tongyuquq Ichi Lyang degan bir odam ostida yashiringan o‘sha xitoylik egizaklar - Chjan Kuy va Lyu Syan haqida xabardor edi. Lekin u o‘z dushmanining kuchini o‘ziga og‘dirib olishni yaxshi bilardi: ikki bor joyda uch ham bo‘lishi kerak. U Tatabbu qabilasidan o‘sha ikki xitoylikka ikki tomchi suvday o‘xshaydigan odamni topdi. Buning ustiga bu jangchi xitoy tilining «mandarin» dialektida juda yaxshi gapirardi. Tongyuquqning o‘zi unga saboq berdi va u tayyor bo‘lgach, tulki ovlovchilar qizi Pobeka va nabirasi Yo‘llukni taklif qildi. Bu Bilga-Hoqonnning o‘limi arafasida sodir bo‘ldi. Har ikkilari Ichi Lyang kabi uchinchi odamga murojaat qilishdi.
Kyule Hukmdorni zaharlagan kun va Chjan Kuy Hukmdorning chodiri atrofida uning o‘quvchisi Shahzoda Yo‘llukni axtarayotgan ko‘yi tentirab yurganida, uchinchi odam chodirga yuboriladi hamda maxsus signaldan so‘ng Lyu Syan burchakdan chiqadi va «Chjan Kuy» deb chaqiradi. Lyu Syan uchinchi odamdan hammasi rejaga asosan ketyaptimi-yo‘qmi deya so‘raydi, ya'ni Sahro Hukmdori o‘ldimi yoki ular fursatni qo‘ldan bermay harakat qilishsinmi? Shundan so‘ng ular batafsil reja tuzib olishadi va buning natijasida xitoylik egiz Tongyuquq odamlari tomonidan qo‘lga tushiriladi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:36:12

Keyinroq, Chjan Kuy chodirga keladi va maxsus signaldan so‘ng uchinchi odam burchakda ko‘rinadi hamda Chjan Kuy unga «Lyu Syan» deya murojaat qiladi. U Sahro Hukmdori zaharlangani va Ko‘k O'g‘li tuzgan rejaga ko‘ra ularning o‘quvchisi Shahzoda Yo‘lluk taxtni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani, shu bois, zudlik bilan barcha rejalarni hal qilib olish lozimligini aytadi...
Uni ham qo‘lga olishadi. Egizaklar o‘rniga kelgusi rejalarga to‘liq birgina turk Ichi Lyang qoldirilgandi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:36:24

110
 
Oyun Ko‘k Turklari tarixini yaxshi bilardi, bu menga g‘alati tuyuldi, chunki mo‘g‘ullar odatda Chingizxon tarixidan o‘zlarini yiroq tutishadi. Lekin u menga mutlaqo notanish bo‘lgan bir necha manbalarni keltirdi va hatto mo‘g‘ullar va Ko‘k Turklari tarixi o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rsatib berdi. U Chingizxon bo‘lishidan avval Temuchin va Jamuha o‘rtasidagi sirli birodarlik to‘g‘risida so‘zladi. Natijada men «Mo‘g‘ullarning sirli tarixi» kitobini o‘qidim va kunlarning birida Sahroning qoq o‘rtasida yuzma-yuz ko‘rishgan va qondosh aka-ukaga aylangan ikki raqobatchi haqida bilib oldim. Ular bir-birlariga sodiq qolishga va o‘lguncha yordam berishga so‘z berishadi. Biroq ularning qondoshligi ko‘plab sotqinlikdan iborat bo‘ladi: bir-birlariga qarshi kurash, ochiqdan-ochiq dushmanlik, buning natijasida Temuchinning Jamuhani qatl etishi... Shu voqeadan keyin Temuchin buyuk Chingizxonga aylanadi va mo‘g‘ul dashti va o‘rdani birlashtiradi. Lekin Oyun menga ularning munosabati - birlashgan va kuchli dasht haqqi jentlmenlarcha tuzilgan shartnomaning yashirin tarixini aytib berdi. Jamuha chindan ham o‘la-o‘lguncha Temuchinga sodiq qoladi va buni Temuchin jallodining tig‘i ostidagi o‘limi bilan isbot etadi. Lekin avval o‘zini o‘z qondosh birodarining dushmani kabi tutadi. U haqiqiy dushmanlar bilan ittifoq tuzadi va Temuchin ularning barini yakson qiladi. Aslida Jamuha Chingizxonning kelajagi haqqi josuslikka qo‘l urgan va Chingizxon har doim Jamuhasiz dashtning buyuk Hukmdoriga aylana olmasligini yaxshi bilardi.
Oyun bu aniq va sirli birodarlik hikoyasini aytib berar ekan, shunga o‘xshagan munosabat mening ham boshimdan o‘tganini his etdim...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:36:49

111

Li bu hikoyani eshitib shunday dedi: «Biz ham shunday vaziyatda emasmizmi?» Men bir oz taraddudlanib qoldim va uyalib ketdim, chunki buni aslo xayolimga keltirmagandim. «Nima demoqchisan?»- so‘radim undan. «Shunchaki bir gap» - javob berdi u va gapni boshqa tomonga burdi. «Bilasanmi, ular seni haliyam josus deb o‘ylashyapti», - deya eshik tomonga ishora qildi u jangarilarni nazarda tutib. «Nima?! Nima deding?» - so‘radim men jahlim chiqib. Lekin tezda o‘zimni bosib oldim, esimga qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar, degan gap tushib ketdi. Men Lining o‘zini nazarda tutyapman, chunki u birinchi bo‘lib hujumga o‘tdi: «Sen juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lgansan, qanchadan-qancha odamlar bilan ko‘rishgansan, o‘nlab aloqalaring mavjud, shuning o‘zi g‘alati emasmi?»- so‘radi u. «Sen buni qaydan bilasan?» «Bas qil, bu dunyoda yashirin biron narsaning o‘zi yo‘q. Bir kishiga ma'lum narsa hammaga ayon bo‘ladi! Shuni bilmasmiding?» Men hech nima demadim.
Nima ham derdim? Uni josus deya shubhalandimmi? Shu bilan men, u va yo jangarilar uchun biror narsa o‘zgarib qoladimi? Bilmadim nimaga, lekin keyin unga shunday dedim: «Bilaman, hozir odamlar o‘z qarashlari va hayotlarini o‘zgartirmoqdalar», - va birdan unga quyidagi hikoyani ayta boshladim:

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:37:05

«Mo‘g‘ulistonda bo‘lganimda, Oyun shunday degandi: «Bilasizmi, Ulan-Batorga maxsus ish bilan kelgan bir tilmoch ayol sizni bilar ekan...» Miyamga birinchi kelgan so‘z «Fiona!» bo‘ldi. Ha, Fiona! «U uzun bo‘ylimi?»-so‘radim. Bu bema'ni savol edi, xuddiki men uni Oyunnning o‘zi bilan solishtirayotganga o‘xshadim, lekin Oyun tezda javob berdi: «Yo‘q, o‘rta bo‘yli». «Uning ismi Irmami?» - so‘radi Oyun past ovozda. «Ha, Irmami...» - yuzimda hafsalam pir bo‘lgani yaqqol sezildi, chunki Oyun yana qayta meni ruhlantirishga intildi: «U judayam chiroyli ekan!»
Men odatda ayollarga xos masalalarni boshqa ayollar bilan muhokama qilishni yoqtiraman: ularni bilib olishning eng maqbul yo‘li shu. Birinchidan, bunda vaysaqilik kerakmas, chunki bu boshqa bir ayol haqida, ikkinchidan, o‘zingiz suhbatlashayotgan ayolda yaxshi taassurot qoldirishga intilasiz, uchinchidan, suhbat asnosiga qarab, o‘zingizni o‘zgartira olasiz, to‘rtinchidan, u ayol u yoki bu sharoitda o‘zini qanday tutishi haqida gapirib, barcha sirlarini oshkor qilib qo‘yadi, beshinchidan, oltinchidan va hokazo. Lekin men Oyun bilan hech kimni muhokama qilmoqni istamadim. Balki bunga uning sirliligi sabab bo‘lgandir.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:37:16

Ikki kun ichida qo‘ylarni ommaviy raviс‰da so‘yib turishguncha, biz Ulan-Batorga ketdik. Men qochoq echkiga o‘xshab, «qo‘zichog‘im» bilan ajoyib tunlarni o‘tkazishni orziqib borardim. Shovqinli vertolyotimizda unga qanday qilib tegishim, oppoq, sovuq yelkalari, boshqa joylarini silashni xayolimga keltirdim, nafasim illyuminatorni xiralashtirar va hech qaerga qaramasdan o‘tirardim...
Oyun holatimni sezdimi-yo‘qmi, bilmayman, lekin ba'zan javobgarlik hissini yo‘qotib qo‘yaman. U meni markazdagi mehmonxonaning qarshisida qoldirib, «Yordam kerak bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qilarsiz», deya telefon raqamlarini berdi. Lekin u payt bir narsadan bo‘lak hech narsani o‘ylamasdim. Unga nimadir deb pichirladim, balki bu uning kamtarin yordami uchun minnatdorchilik edimi, esimda yo‘q. So‘ng mehmonxonaga kirib ketdim.
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, kotiba qiz xonimni ko‘chaga chiqib ketdi va uch kundan keyin bo‘ladi, deb aytmadi, balki darhol Irma bilan bog‘lab berdi va mening asalimning ovozi eshitildi: «Eshitaman...» Ayolni ayol qiladigan narsa nima ekanini bilasizmi? Uning ovozi. Siz yuzingizga upa-elik surtib, go‘zallashtirishingiz, qomatingizni o‘zgartirishingiz, ko‘kraklaringizni kattalashtirishingiz mumkin, lekin hech qachon ovozingizni soxtalashtira olmaysiz. Irmaning ovozi mayin va rom qilarli darajada shirin edi.

Qayd etilgan