O'n to'rtinchi tavsiya.
Namozni davomli ado etishning fazilati.
Abdulloh ibn Umardan r.a. naql qilinishicha, bir kuni Rasululloh s.a.v. namoz haqida shunday marhamat etganlar:"Kim namozda davomli bo'lsa, uning uchun namoz Qiyomat kunida najot, burhon va nur bo'ladi. Kim davomli bo'lmasa, uning najoti ham, burhoni ham, nuri ham bo'lmaydi. Qiyomat kunida esa u Qorun, Fir'avn, Homon va Ubay ibn Halaflar bilan birga bo'ladi".
Ahmad ibn Hanbal rivoyati.
Anas r.a. aytadi:"namoz Hazrati Rasululloh s.a.v.ga Me'roj kechasi ellik vaqt etib farz qilindi, keyin besh vaqtga tushirildi. Keyin esa shunday nido qilindi:"Ey, Muhammad, darhaqiqat, Mening xuzurimda so'z o'zgartirilmaydi. Sizga bu besh vaqt namozda ellik vaqtning savoni bordir".
Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja.
Abu Qatodadan r.a. naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Alloh taolo shunday marhamat qildi:"Men umatingga besh vaqt namozni farz qildim va O'z xuzurimdan shu so'zni berdimki, kim bu besh vaqt namozni vaqtida ado etib kelsa, jannatga kiritaman. Kim bunga rioyat qilmasa, Mening xuzurimda uning uchun hech qanday so'z yo'qdir".
Abu Dovud.
Aburayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytdilar:"Nima deysiz, sizdan bir kishining eshigi yonida bir daryo bo'lsa va unda har kuni besh marta yuvinsa, uning kiridan bir narsa qoladimi?"
U yerdagilar:"Yo'q, undan hech narsa qolmaydi",dedilar.
Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Namoz ham huddi shundaydir. Alloh taolo u bilan hatolarini o'chirur".
Imom Buxoriy, Muslim Termiziy, Ibn Moja, Nasaiy.
Amr ibn Said r.a. naql qiladi:"Hazrati Usmonning r.a. yonida edim. Tahorat olish uchun suv so'radi va shunday dedi:"Rasulullohning s.a.v. shunday deganlarini eshitdim:"Farz namozi vaqti kirganda namozning tahoratini, xushu'ini, ruku'sini chiroyli ado etgan hech bir musulmon kishi yo'qki, namozdan oldingi katta gunohlari mustasno, qilgan xatolari bu bilan berkitilmagan bo'lsin. Bu xolat har doim shundaydir".
Imom Muslim.
Usmon Ibn Affon r.a. Rasulullohning s.a.v. shunday deganlarini eshitganlarini naql qiladilar:"Kim jamoat bilan xufton namozini ado etsa, go'yoki kechaning yarmini ihyo etgandek bo'ladi. Kim jamoat bilan bomdodni ado etsa, u go'yoki butun kechani ihyo etgandek bo'ladi".
Imom Muslim.
Abu Musodan r.a. naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v shunday marhamat qildilar:"Kim bomdod va asr namozini ado etsa, jannatga kiradi".
Imom Buxoriy, Muslim.