Har bir ayolning qalbida o’zi uchun aziz bo’lgan xotiralari, sirlari bo’ladi. Oisha onamizning nikohlanishi uning uchun ana shunday unutilmas xotiralardan biridir. Ayol erini qanchalik yaxshi ko’rsa va u bilan baxtli hayot kechirsa, qalbidagi xotiralari ham shunchalik ulug’lik kasb etadi. Oisha roziyallohu anho ham Rasuli Akramni yaxshi ko’rar edi. Axir bu dunyoda Rasul alayhissalomdan yaxshiroq va suyukliroq kim ham bo’lishi mumkin?
Oisha onamizning nikohlanish va erga tegish davri qalbida bir umrga muhrlanib qoldi. Bu muborak nikoh ilk marta Alloh subhanohu va taolodan vahiy orqali bildirildi. Keyinchalik Rasul alayhissalom Oishaga shunday xabar bergan edilar: "œSeni uch kecha tushimda ko’rdim. Farishtalar harir ro’molga o’ragan holda bir ojizani olib kelishdi va u sening jufting, deyishdi. Ro’molni ochib qarasam, u sen ekansan".
Oisha roziyallohu anhodan keltirilgan bir rivoyatda Jabroil alayhissalom Nabiy alayhissalomga yashil ipak ro’molchadagi suratini keltirib: "œBu sening dunyo va oxiratdagi zavjangdir", deydi (Termiziy rivoyati). Nabiy alayhissalomning avvalgi zavjalari Xadicha roziyallohu anho vafot etganidan keyin Alloh taolo bu muborak nikohni muvofiq ko’rdi. Xadicha onamiz hijratdan uch yil burun vafot etgandi. Nabiy alayhissalom ikki yil yoki shunga yaqinroq vaqtdan keyin Oishani olti yoshida nikohlab oldilar.
Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: "œXadicha onamiz qazo qilganidan keyin Xavla binti Hakim Nabiy alayhissalom oldilariga kirib: "œUylanmaysizmi, ey Rasululloh?", deydi. U zot: "œKimga?", deb so’raydilar. Xavla binti Hakim aytadiki: "œBokira qizgami, yoki juvongami?"[/] U zot yana so’raydilar: "œBokira qiz kim, juvon kim?"[/] Xavla binti Hakim: "œBokira qiz sizga eng sevimli bo’lgan kishining qizi Oishadir. Juvon esa sizga iymon keltirgan va sizning yo’lingizga ergashgan Savda binti Zam’a", deydi. Rasuli Akram aytadilar: "œIkkisini ham so’rab ko’r-chi"[/]. U xotin darhol onam Ummu Ruvmonning oldiga borib: "œEy Ruvmon, Alloh sizlarga baraka va xayr ato qilsin", deydi. Ummu Ruvmon bundan hayron bo’ladi va xushxabarni eshitganidan so’ng: "œBiroz kutib tur, erim Abu Bakr kelsin", deydi. Abu Bakr uyga qaytganida buni bildirishadi. Abu Bakr roziyallohu anhu bu mujdadan biroz taraddudlanib: "œBirodar bo’lsak qizim unga munosib bo’larmikin", deydi. Bu gap Rasul alayhissalomga yetkazilganda: "œMen uning birodariman, u ham mening birodarim, qizi menga munosib bo’ladi", deydilar".