1) Xitoy imperatori (Min sulolasi 1368 yil) Amir Temurga yuborgan maktublarida unga bir nom bilan murojaat
qilardi. Diplomatiya tilida esa bu «sen menga tobesan» degan ma’noni bildirardi. Imperator o‘z maktublarida
Amir Temurga qanday murojaat qilardi?
2) Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari, ular bepul tibbiy
xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida xam davlat qaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun
davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani buzishsa, ularni qamoq va jarima jazosi kutadi.
Ular kimlar?
3) Men birinchi marta u bilan 16 yoshimda tanishdim. U bilan oz emas, ko‘p emas 10 yil
birga bo‘ldik. Keyin u meni vaqtinchalik tark etdi. Biroq hijron uzoqqa cho‘zilmadi, oradan 3 hafta o‘tib biz
yana diydor ko‘rishdik. U endi boshqacha, o‘zgacha edi. Biz yana 20 yil u bilan birga bo‘ldik. Buni qarangki,
yana ayriliq. Bu ayriliq ham uch haftaga cho‘zildi va biz yana diydor ko‘rishdik, endi ajralmas bo‘lib, umrbod
birga qoladigan bo‘lib uchrashdik. Mening bu beqaror va sodiq do‘stim"¦"¦"¦"¦..