Patlıjan musakka -Baqlajon musaqqa  ( 2970 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 13:52:00

Baqlajon bilan qiyma, go'sht juda yarashadi. Men Musakkani judayam yaxshi ko'raman. Kecha pishirganimda ho'jayinim juda yoqtirdilar, har doimgidan ham ko'p rahmat aytdilar.
Siz ham albatta pishirib ko'ring, pushaymon bo'lmaysiz:)

Masalliqlar:

1.   250-300 gr qiyma
2.   4-5 dona baqlajon
3.   3-4 dona charli qalampir (achchiq bo’lmaganidan)
4.   2 dona pomidor
5.   1 dona piyoz
6.   2 qoshiq tomat
7.   Bir tutam mayda to’g’ralgan petrushka (istakka qarab)
8.   Tuz, murch, zira, qizil garmdori. (istakka qarab ziravor solishingiz mumkin)
9.   Qovurish uchun yog’

Tayyorlanishi:

1.   Baqlajonlarni yuvib, xohlasangiz zebraga o’hshab po’stlarini arching.
So’ngra to’rtga kesib, kichik parchalarga bo’ling. Baqlajonlarni achchiq suvi chiqishi uchun tuzli suvga soling 10-15 daqiqa yetadi.
2.   So’ngra baqlajonlarni suvda yaxshilab yuving, Ularni qog’oz sochiq yoki sochiq yordamida quriting. Yog’ qizigandan keyin qovuring.
3.   Piyoz va qalampirlarni maydalab to’g’rang va oz yog’da qovuring. So’ngra qiymani solib qovurishda davom eting. Keyin pomidorlarni qo’shib suvi chiqib ezilguncha qovuring. Ohirida tomatni qo’shib qovuring.
4.   Ziravorlar va petrushkani qo’shing. Xohlasangiz baqlajonlarni solib biroz aralashtiring. Men tovani tagiga qovurilgan baqlajonlarni soldim, ustiga qiymali qaylani yoydim. Ustidan 1.5 stakan qaynagan suv soling. Past olovda 15 daqiqa pishiring. Yonida Turk palovi bilan dasturxonga torting, Osh bo’lsin.

Qayd etilgan


Ansora  26 Dekabr 2011, 13:52:23



Qovurilgan baqlajonlar.




Baqlajonlarni ustiga qiymali qaylani solgandan keyin.

Qayd etilgan