VARO
105 Alloh taolo marhamat qiladi: «Rabbilarining huzuriga qaytajaklaridan yuraklari titragan holatda zakotlarini beradilar» ("Mo‘minlar" surasining 60-oyati).
Hadisi sharifda shunday deyilgan: «Hikmatning boshi Allohdan ko‘rkishdir» («Kashful Xofa», 1/507).
Qo‘rqish darajasi ilm va ma’rifatga bog‘liq. Bu borada Alloh taolo marhamat qiladi: «Albatta, bandalari orasida olimlar Allohdan ko‘proq qo‘rqadilar" (Fotir surasi, 28-oyat mazmuni).
Imom Roziy aytadilar: «... Bu mukofot (jannat va Allohning roziligi) Rabbilaridan qo‘rqqanlarga maxsusdir» (Bayyina surasi, 8-oyat mazmuni) oyati bilan «Albatta, bandalari orasida olimlar Allohdan ko‘proq qo‘rqadilar (Fotir surasi, 28-oyat mazmuni) oyati olimlar va ilm fazilatiga dalil bo‘ladi.
Jannat ahlidan bo‘lishi xushxabari berilgan olimlarda Allohdan qo‘rqish hissi oshib borishi lozim bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) iltifot qilganlar: «Alloh eng yaxshi taniganingiz, Undan eig ko‘p qo‘rqqaningizdir. Men orangizda Allohdan eng ko‘p qo‘rqaman» (Mahmud Hamdiy Yazir, «Haq dini, Kur’on tili», 9/366, 367. Faxri Roziy, «Tafsiri Kabir», 32/56).
106 Aqlli kimsa nafsini jilovlaydi va uni havaslariga tobe’ bo‘lishidan saqlaydi (A. Dovud o‘g‘li, «Sahihi Muslim», Tarjima va sharhi, 1/350).
Aql farqlash xususiyatiga ega. Aqlli inson haqni botildan, boqiyni foniydan, xayrni sharrdan, (yaxshini yomondan) farqlagan insondir. Aqlli odam boqiyni tanlaydi. Boqiy vosil qiluvchi amallarga yo‘naladi, boqiydan mahrum qiluvchi amallardan - gunohlardan uzoq bo‘ladi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Aqlli inson nafsga hokim bo‘lgan va o‘limidan keyingi (boqiy oxirat) uchun harakat qilgan kishidir. Ojiz - bechora inson o‘zini orzu havaslariga tutqun qiladi. Allohdan (ushalmas narsalarga) orzumand bo‘ladi» (Termiziy, «Qiyomat», 25; «Zuhd», 31; Ahmad, 4/124).
Mahmud Oqif Erso‘y «Safahot»ida shunday yozadi:
«Baqoni haq bilgan, sa’yni bir vazifa bilur,
Sa’y qil, ishlaki, baqo sa’y yo‘liyla topilur».
107 Taqvo deb harom narsalardan o‘zni tiyishga aytiladi. Varo shubhali narsalardan ham saqlanishdir. Iymon tasdiq, u qalb fe’lidir. Amal tatbiq, u badan fe’lidir. Amallar komil iymon taqozosidir. Shubhali narsalarni qilish iymon yemirilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun varosi bo‘lmagan kishining komil iymoni bo‘lmas.
108 Allohning ilk amri «O’qi!» — ilm ol, Allohni tani demakdir. Allohni tanimaganning iymoni bo‘ladimi? Ibodat neligin bilmagan ibodat qiladimi? Ibodatdan avval iymon, iymondan avval bilmoq kerak bo‘ladi. Bilish uchun olimdan ilm olish, talaba bo‘lish yoki olimni tinglash kerak. So‘ng mo‘‘tabar kitoblardan foydalanib, olimlardan maslahat olib, ilmni yana ham kengaytirish "O’qi" amrining ijrosi bo‘ladi.