Duolarimda u yerda bo'lgan ayollarning qutulishlarini so'rab, allohimga yovoraman. Allohga sig'inib kechmishimdan tavba qilaman,avf qilib shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytaman. Bu sarhush, telba dunyoda biror dardsiz odam bormi, deb so'raymiz goho. Endi bizni diqqat bilan tinglang...
"dardsiz odam bo'lmaydi". Biz buni bilamiz, siz ham bilasiz. Lekin dardiga sabru qanoat qilgan dardli esada yanada huzurli bo'lgan insonlar ham bor. Bu huzur qanday qo'lga kiritiladi? Dardli holda mas'udlik qanday mumkin bo'lur? Qancha odamlarni ko'rdik, ro'molhasi dog' bo'lganiga yig'laydi. Yana necha insonlarni ko'rdik, jufti o'lgan, o'zi saraton kasaliga chalingan, lekin ko'z yosh to'kmaydi. to'ksa ham bildirmaydi, oyoqda turib sabr qiladi.Biri ro'molchasining kiriga,paypog'ini ipi uzilganiga yig'lasa, nega ikkinchisining ahvoli tang bo'lsada siqilmaydi, buhron kechirmaydi? Sababi nima? Nogoh dunyoda hamma narsasidan, yaqinlaridan ayrilib, yolg'iz qlgan qariya ruhiy kasalhonaga tushadiyu, huddi shunday ikkinchi qariya qanday qilib tushkunlikka tushmaydi? Ajabo! Unashtirilgan yigiti tahslab ketgan yosh qiz yomon yo'lga kirib aqlidan ayriladi-yu, huddi shunday boshqa qiz nechun aqli hushi, irodasi,nomusini yo'qotmasdanhayotini davom ettirmoqda? Narigi qizning joniga qasd qilishiga sabab bo'lgan voqealar nima uchun bunisiga ta'sir qilmagandek? Farzandsizlikdan bir ayolo'z joniga yetti bor joniga qasd qiladi-yu, boshqa shunday ayol bunday yo'ltutmaydi? Hotinidan mukammallik talab qilib bir er o'z uyini tark qiladi, hunday boshqa erkak esa turmushini buzmaydi?Unga nima taskin beradi? Savollarimiz tuganmas...tugamaydi ham. Nechun insonning uyi, mersedesi, hotinlari, yeyishi,kiyishi, har narsasi yetarli, mo'l bo'lgani holda u hushbaht emas. U dunyosini, o'zini anglayolmaydi, behayo filmlardan huzur oladi. Balki buzuqlik iskanjasidan o'zini qutqarolmaydi. O'ziga hos mustahkam fikri yo'q. hayoli oshqozinida va yengil yelpi o'ynab kulishida. Go'zal ayol ahm hazin, go'zal bo'lmagani ham. O'z-o'zicha dardsizman degani ham hursand emas....