Dadam bizga pichoq o'ng qo'lda, vilka esa chap qoida turishi kerak, deb tayinlab qo'ygan edi. Lekin nechog'lik harakat qilmay, hecham uddasidan chiqolmadim. Oxiri o'zimga o'ng'ayini qildim — vilkani o'ng qoiga olib, ovqatimni yeyaverdim. Dadam o'zi aytganday qilib pichoqni o'ng, vilkani esa chap qoida tutgan holda tarelkasidagi go'shtni kesmoqchi bo’ldi. Go'sht pichoqdan qochdi shekilli, bir sakrab stoldagi apelsinlarning ustiga chiqib oldi. Lekin haliyam o'zim durust ekanman — ovqat paytida ko'pam xijolat bo’lganim yo'q. Dasturxondan turayotib, bu mash-mashaning tugaganiga xursand bo’lganimdan chuqur uh tortib qo'ydim.
Ovqatdan keyin mehmon qahva ichib o'tirgan edi, to'satdan menga o'girilib:
— Nechanchi sinfda o'qiysan, jiyan? — deb so'rab qoldi.
— Afandim, beshinchida o'qiyman, afandim, — deb tutilmay javob berdim.
«Afandim» so'zini tirkab, oyim bilan dadamni rozi qildim chamamda. Sekin ikkovlariga qarab qo'ydim. Jilmayib o'tirishgan ekan.
— Xo'sh, necha yoshdasan?
— Afandim, o'n birga chiqdim, afandim.
— Katta bo'lganda kim boimoqchisan?
— Afandim, yozuvchi bo'laman, afandim.
— Barakallo...