Assalomu alaykum!
Anchadan beri bir-biringizga savol bermay qo'yibsiz. Men boshlab bersam-a.
Abdullohga:
Sizningcha biz iqtisodiy krizisdan qachon chiqib keta olamiz?
Assalomu alaykum. Kamina bu narsaga javob berishga juda ojizlik qiladi, (butun dunyo iqtisodchilari ham bu narsa ustida bosh qotirishmoqda-ku, mendek bir ilmsiz qaydan bilsin
). Ammo har safar NET klubga kirganimda deyarli ko'p marta Moliyaviy krizis haqida yangilik bo'lsa o'qiyman. Olimlarning fikricha, krizis 2012-yilgacha davom etishi mumkin ekan. Bu albatta hamma davlat shu yilda krizisdan chiqadi degani emas, kimdir 2010-yilga kelib ham qutilishi mukin, yana qaysidir davlatda esa bu narsa 2020-yilgacha ham davom etishi mumkin, yana Allohning o'zi bilguvchiroq. Hozircha, O'zbekistonlik iqtisodchilarning fikricha krizis bizga ta'sir qilmagan emish, ammo men o'ylaymanki, shuncha paytgacha ta'sir qilmagan bo'lsa endi ta'sir qiladi. Masalan, birinchi navbatda chet el investitsiyalar keskin kamayib ketish ehtimoli bor, bundan tashqari O'zbekistonning Eksport miqdri ham kamayishi ehtimoldan holi emas. Qolaversa, mehnat muhojirlarining departatsiya qilinishi ham mamlakatda ishsizlikning o'zishiga sabab bo'lishi mumkin. Ko'rganingizdek bu narsalar bari zanjir kabi bir-biriga bog'langan. Bizdan talab qilinadigan narsa esa har qanday narsaga tayyor turish (bularning barchasi Allohdan ekanligiga ishonish) hamda Allohga duolar qilib, o'zimizning faoliyatimizda esa halollikni asos qilib olishimiz muhim deb o'ylayman. E'tiboringiz uchun katta rahmat.