Iso alayhissalomdin naqldurkim, muroqabada dunyoni bir kampir suratida ko‘rdilarkim, o‘zini chandon misli ko‘rilmagan nafis, go‘zal ishvalar va g‘aroyib karashmalar birla orasta qilibdur. So‘radilarkim: necha oshiklaring, shavharing bordur? Dunyo aytdikim: «Ko‘pligidin adadini bilmasmen. So‘radilarki: bularni taloq qildingmi yo o‘ldirdingmi? Aytdikim: hammasini o‘ldurdum. Bu jilva firib birla qolg‘onlarni ham o‘ldurmakka mashg‘uldurmen».
Iso alayhissalom aytdilar: taajjub qilurmen ul ahmoqlarg‘akim, dunyoning fisqu firibini ko‘rib, yana anga moyil bo‘lurlar.O’zgalardin ibrat olmaslar.
Allohumma a’simniy min sehriho.
Ya’ni: Ey bor xudoyo, saqlag‘il bizni dunyoning sehridin.
Yana bir misol: Dunyoning yana bir sehri uldurki, zoxirini mehr, vafo suratida orasta qilur. Elga yetkuradurgon balo va mehnatini yashirin tutarki, johillar aning zohirini ko‘rib, mag‘rur bo‘ldilar. Aning misoli ayyor kampirga o‘xsharkim, yuziga parda tortib, harir jomalar kiyib, turli bezaklarni osib o‘ziga zeb va oroyishlar bergay. Har kishi ani yiroqdin ko‘rsa oshiqi nigoron bo‘lur. Vaqtiki niqobini olsalar, aning qabihligi ma’lum bo‘lib pushaymon bo‘lg‘usidur. Hadis kelibdurkim, dunyoni, boylikni qiyomat kuni ajuzi zisht (xunuk, badbashara, ayyor kampir) va palid va ko‘zlari ko‘k va tishlari og‘izlaridan chiqib turar, bu surat birla orasta aylab, hashargohga keltirib, xaloyiqg‘a ko‘rsaturlar. Xaloyiq aning og‘zidan chiqqan sassig‘lig‘idin nola va fig‘onga kelib, ayturlarki: bu fazohat (rasvolik, sharmandalik) va qabohat birla nechuk narsadirki, muning badbo‘ylig‘iga chidayolmasmiz.