uzr, lirik chekinish.
Universitetda o'qib yurganimizda arab tili domlamiz aytib bergandilar:
Arab davlatida majlis bo'lgandi, qatnashdik. Bitta professor turib, "Mashxur arab olimi Ibn Sino shunday degan...., boshqa arab olimi Beruniy.....degan" deb ma'ruza qilibdi. Shunda biz (o'zbekar) qanday qilib ular arab bo'lishsin, axir ular ajamku, o'rta osiyoda tug'ilib, arab diyorlariga keyin borganlar,....dedik. haligi arab biroz ikkilanib: "to'g'ri, uzr musulmon demoqchiydim. Axir hammamiz musulmonmizku!" dedi. Ozginadan keyin yana bir narsa bo'ldiyu: "Mashxur arab olimi Buxoriy....." desa bo'ladimi!?