Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin  ( 289605 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 61 B


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:09:40

* * *

Mishel bu yil maktabda yo‘q edi. Bo‘lsa, meni albatta gapga solar, miyamdagi parishonlikni mutlaqo orttirar edi.
Bir yil avval o‘zim to‘qigan hikoyani aytib turganimda qanchalik erkin, jo‘shqin bo‘lsam, bu yil unashilgan qiz vaziyatiga tushganimdan keyin shunchalik qo‘rqoq bo‘lib qoldim. Dugonalarimdan meni tabriklaganlarni qisqa, quruq tashakkur bilan jo‘natar, yaqinlashish maylini ko‘rsatganlardan yuz o‘girib ketar edim.
Faqat bittasi, biz yoqlardagi armani doktorning qizi, o‘jarligimni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Dam olish kunlarini maktabda o‘tkazdim. Uch oy ichida uyga ikki, yo uch martagina bordim.
Sababini o‘zim ham uncha bilmagan bu o‘jarligim Basima xolam bilan Najmiyani tajang qilar, Komron esa nima deb o‘ylashini, qanday chora ko‘rishini bilmay qiynalar edi. U dastlabki oylarda maktabga har hafta ko‘rgani kelib turdi. Murabbiyalarim og‘izda bir nima deyishmasa ham, unashilgan yigitning o‘quvchi qiz bilan kelib ko‘rishishiga jahllari chiqar, bo‘lamning meni dahlizda kutib turganini aytib, yuzlarini burishtirar edi.
Men odatda dahliz eshigining bir tavaqasini jo‘rttaga ochib qo‘yar, unga suyanib, qo‘llarimni fartugimning qayish kamariga suqqanim holda jilla bo‘lsa besh minut tik turib gaplashardim. Bo‘lam ora-sira xat yozib turish istagi borligini aytgan edi. Lekin men, murabbiyalarimiz tashqaridan keladigan xatlarni turkcha biladiganlardan bittasiga o‘qittirib, keyin yirtib tashlashadi, degan bahona bilan bu fikridan qaytardim.
Shu ko‘rinishlarning birida oramizdan qora mushuk o‘tgani hali-hali esimda. Komron uzoq turmaganimga jahli chiqib, eshikni zo‘rlik bilan yopib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin men yo‘l qo‘ymasdim: yaqinlashganda tashqariga otilib chiqishga xezlanib, sekingina:
— Iltimos qilaman, Komron, xonada ko‘rinib-ko‘rinmay turgan teshik qancha bo‘lsa, shuncha ikki ko‘z ham bor, buni bilib qo‘yishingiz kerak, — dedim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:10:21

U birdan to‘xtadi.
— Bu qanday gap, Farida? Biz axir unashilgan kishilarmiz-ku! — dedi.
Sekin yelkamni qisdim:
— Aslida ishni shu narsa buzayotibdiku-ya, — dedim. — Bir kun emas, bir kun "œKo‘rishishlaringiz juda boshqacha bo‘lyapti. Kechirasiz, bu yerning maktab ekanligini esdan chiqarmang", qabilida so‘z eshitishni xohlamasangiz...
Komron oppoq oqarib ketdi va shu kundan boshlab maktabga oyoq bosmay qo‘ydi.
Bu ishim haqiqatan ham yaxshi emasdi. Lekin boshqa choram bo‘lmasa nima qilay? Komron oldidan qaytib kelib sinfga kirishim, hamma menga o‘girilib qarashi yuragimni ezmay qolmasdi.
Nima deyayotgan edim? Ha, doktorning qizi dam olish kunlarining birida qaytib kelib:
— Komronbey Yevropaga ketarmish, shundaymi? — deb so‘radi.
Men nima deyishimni bilmay shoshib qoldim.
— Qaerdan eshitding? — dedim.
— Otamdan, Madriddagi amakisi chaqirtiribdi. 
"œQaydam" deyishni g‘ururim ko‘tarmadi.
— Ha, shunday bir niyati bor, picha sayohat qilib kelmoqchi edi, — dedim.
— Sayohat nimasi, elchixonaga sekretar bo‘larmish-ku.
— Vaqtincha.
Suhbatni shu yerda bo‘lib tarqaldik. Dugonamning otasi chorbog‘imizdan oyog‘i uzilmagan bir kishi edi. Shuning uchun bu gapning to‘g‘riligiga shubha qilmadim. Lekin bu narsani menga bildirishmaganiga hayron bo‘ldim. Kunlarni hisobladim. Chorbog‘dan xabar olmaganimga yigirma kun bo‘libdi.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:10:31

O‘sha kechasi faqat shu narsani o‘ylab chiqdim. Komronga qilgan bema’ni sitamlarim uchun achinar, shunchalik muhim bir narsani menga aytmaganini o‘ylab, yuragimdan ezilar edim. Harholda biz bir-birimiz bilan bog‘langan kishilar edik.
Ertasiga payshanba edi. Havo ochiq bo‘lgani uchun tushdan keyin aylangani chiqishimiz kerak. Lekin ichim pishib qiynala boshladim. Shunday ezguvchi o‘ylar bilan yana bir kunni o‘tkazish fikri meni qo‘quvga soldi.
Mudiraning oldiga bordim-da, xolamning betobligini aytib, ruxsat so‘radim.
Xudodan aylanay, shu kuni murabbiyalardan biri Qartolga ketayotgan ekan. Erenko‘y stantsiyasigacha birga ketish sharti bilan mudira iltimosimni qondirdi.
Qo‘limda bitta kichkina chamadoncha bilan chorboqqa kirib borganimda qorong‘i tushay deb qolgan edi.
Eshikda meni chorbog‘ iti kutib oldi. Bu qari it nihoyatda ochko‘z, yopishqoq edi. Cho‘ntagimda hamisha, yaxshimi-yomonmi bir narsa borligini bilgani uchun yo‘limni to‘sar, oldingi oyoqlariga turib olib tisarilib borar, menga yopishishga urinardi. Komronning ham daraxtlar oralab men tomon kelayotganini ko‘rdimu, darrov cho‘kkalandim. It egnimni kir qilmasin, deb iflos oyoqlaridan ushlab turdim.
U so‘loqmon og‘zini uliyotgaday ochib, tilini osiltirar, men esam burnidan qisardim. Xullas, o‘rtamizda o‘yinga, talashmaga o‘xshash bir narsa borar edi.
Komronni faqat yonimga kelgandagina ko‘rgan kishiday:
— Buning kulishiga qarang, — dedim. — Og‘zi muncha katta-ya, timsohnikiga o‘xshamaydimi?

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:10:42

U lablarida zaharxanda tabassum bilan menga qarab turardi.
Itni qo‘yib yuborib etaklarimni qoqdim. Qo‘llarimni ro‘molcham bilan artganimdan so‘ng birini bo‘lamga uzatdim.
— Bonjur,* Komron, xolam qalay? Ahvoli og‘ir emasdir, inshoolloh...
U xiyol taajjubga tushib:
— Oyimmi? — deb so‘radi. — Oyim soppa-sog‘. Kasal deb eshitdingmi?
— Ha, kasal deb eshitdim, xavotir oldim: yakshanbani kutmay so‘rab keldim.
— Senga kim aytdi?
Yana bitta yolg‘on gap topishga fursat qolmagani uchun:
— Doktorning qizi, — dedim.
— O‘sha shunday dedimi?
— Ha, gaplashib turgan edik, so‘z orasida: "œOtamni sizlarnikiga chaqirtirishibdi, xolangiz betob shekilli", — dedi.
Komron hayron bo‘lib qoldi.
— Yanglishgan. Doktor keyingi kunlarda oyimni ham, boshqani ham ko‘rgani kelgani yo‘q.
Bu qaltis gapni uzoq cho‘zib o‘tirmadim.
— Xayriyat, juda yomon tashvish qilayotgan edim, — dedim. — Ular ichkarida bo‘lsalar kerak, albatta?..
Chamadonimni yerdan olib yurmoqchi bo‘lgan edim, Komron qo‘limdan ushladi.
— Nega shoshasan, Farida? Hamisha mendan qochasan, — dedi.
— Nega endi? — dedim. — Tufligim siqyapti-da... Innaykeyin, ichkariga birga kirmaymizmi axir?

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:10:59

— Birga kiramiz, lekin u yerda, hoynahoy, hamma bilan gaplashishga majbur bo‘lamiz. Holbuki, sen bilan yolg‘iz gaplashmoqchi edim.
Hayajonimni yashirish uchun hazil-mutoyiba qilib:
— Ixtiyoringiz, — dedim.
— Mersi. Unday bo‘lsa, agar xohlasang, hech kimga ko‘rinish bermay hovlida bir oz aylanaylik.
Qochib ketishimdan qo‘rqayotganday, qo‘limni qo‘yib yubormas edi. Chamadonchamni qo‘liga oldi. Yonma-yon yurib ketdik. Bir-birimizga unashilganimizdan beri birinchi marta yonma-yon...
Yangi tutilgan qush yuragi qanday potirlasa, meniki ham shunday potirladi. Shundayki, qo‘limni qo‘yib yuborganida ham qochishga qurbim yetmasmidi deb o‘ylayman.
Bir-birimizga bir og‘iz ham so‘z aytmay hovlining to‘riga bordik. Komron o‘ylaganimdan ortiq xafa, ezgin ko‘rinardi. Bu uch oy ichida nimalar bo‘lganini, oramizda qanday o‘zgarish yuz berganini bilmayman. Faqat hozir uning oldida o‘zimni aybdor deb hisoblar, shu damgacha qilgan yovvoyiligim uchun pushaymon bo‘lar edim.
Qish o‘rtasi bo‘lsa ham go‘zal, jimjit oqshom edi.  Atrofimizdagi quruq tog‘ tepalari oltin marjon kabi tovlanardi. Menda Komronga nisbatan uyg‘ongan maylda bu manzaraning ham hissasi bormidi, bilmayman.
Shu dam uning ko‘nglini oladigan biron so‘z topish istagi qalbimning yondiruvchi ehtiyojiga aylandi. Lekin miyamga hech narsa kelmas edi.
Endi orqaga qaytishdan boshqa choramiz qolmagandan keyin Komron:
— Shu yerda bir oz o‘tirsak qalay bo‘lar ekan, Farida? — dedi.
— Ixtiyor senda, — dedim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:11:11

Unashilganimizdan keyin uni birinchi marta sensirashim edi.
Komron shimiga ham parvo qilmay o‘sha yerdagi bir tosh ustiga o‘tirdi. Men darrov qo‘lidan ushlab turg‘izdim.
— Sen noziksan, quruq yerga o‘tirma, — dedim-u, ustimdagi ko‘k paltoni yechib tagiga soldim.
Komron ko‘zlariga ishonmas edi.
— Nima qilyapsan, Farida? — dedi.
— Tag‘in og‘rib-netib qolmagin, — dedim. — Mundog‘ o‘ylab ko‘rsam, seni asrash bunday keyin mening burchim ekan.
Bo‘lam bu safar ham quloqlariga ishonmadi shekilli:
— Nimalar deyapsan, Farida? — dedi. — Shu so‘zlarni sen aytyapsanmi? Unashilganimizdan keyin sendan eshitgan eng shirin so‘zim.
Boshimni engashtirib, jim turdim.
Komron paltomni qo‘liga oldi. Silayotganday bir harakat bilan yenglariga, yoqasiga, tugmalariga tegar edi.
— Senga bir oz sitam qilish niyatida edim, Farida. Endi fikrimdan qaytdim, — dedi.
Ko‘zimni yerdan olmasdan:
— Senga hech yomonlik qilganim yo‘q edi-ku, — dedim.
U meni yana yovvoyi qilib qo‘yishdan qo‘rqayotganday, yonimga yaqinlashishdan bezillab:
— Fikrimcha, qilding, Farida, — dedi, — hatto ziyoda qilding. Unashilgan kishisini shunaqa oyoqosti qiladilarmi? Ko‘nglimga yomon gaplar keldi. Qaydam, Mujgon yanglishgan emasmikan?
Nochor kuldim. Komron ajablanib sababini so‘radi.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:11:26

Dastlab javob bergim kelmadi. U qo‘ymagandan keyin esa ko‘zlarimni olib qochib:
— Mujgon yanglishgan bo‘lsa, bunchalik bo‘lmas edik,— dedim.
— Bunchalik nimasi? Ya’ni unashilganimizmi?
Ko‘zlarimni yumib turib ikki marta boshimni silkidim.
— Faridam!
Kichik bir faryodga o‘xshagan bu ovoz hali-hali quloqlarimda. Ko‘zlarimni ochdim-da, uning kattayganday ko‘ringan ko‘zlarida yirik yosh tomchisini ko‘rdim.
— Meni shu dam shunchalar baxtiyor etdingki, o‘layotganimda ham esimga tushsa yig‘layman. Yuzimga bunday boqma. Sen hali juda kichiksan. Iloj yo‘q, sen unday narsalarni anglamaysan. Hamma ginalarni unutdim endi.
Komron bilaklarimdan ushlab turardi. Men ham tortib olmadim, faqat ho‘ngrab yig‘lay boshladim. Bu shunday yig‘i ediki, Komron qo‘rqib ketdi.
Boyagi yo‘l bilan orqaga qaytayotganimizda ham men tez-tez xo‘rsinar, hiqillab yig‘lar edim. U ortiq qo‘lini menga tegizishga botinmasdi. Lekin men ko‘ngli jo- yiga tushganini sezib, xursand bo‘ldim.
Chorboqqa yaqinlashganimizda:
— Sen oldin kir. Men hovuzda yuzimni yaxshilab yuvib olay. Meni shu ahvolda ko‘rishsa nima deyishadi?— dedim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:11:38

* * *

Birdan esimga tushganday qilib Komrondan so‘radim:
— Yevropaga sayohat qilarmishsan, rostmi?
— Shunday bir fikr bor. To‘g‘risi, meniki ham emas, Madriddagi amakimning xayoli, — deb javob berdi. — Qaerdan eshitding?
Bir oz ikkilanib turganimdan so‘ng:
— Doktorning qizidan, — dedim.
— Doktorning qizi senga muncha ko‘p xabarlar yetkazib turar ekan, Farida?
— ...
Komron diqqat bilan yuzimga qarab turardi. Qizarib, boshimni o‘girib oldim.
— Menga qara, oyimning kasalligi ham bahona bo‘lmasin tag‘in?
— ...
— To‘g‘risini ayt, Farida. Shuning uchun kelganmiding?
Yonimga yaqinlashgan edi. Qo‘llari bilan boshimni silagisi kelar, lekin hurkishimdan, yana oramizni buzadigan akslik qilishimdan qo‘rqar edi. Holbuki, men aksincha, unga ko‘nika boshlagan edim. Savolini yana bir marta qaytarib aytdi:
— Taxminim to‘g‘rimi, Farida?
Komronning nihoyatda xursand bo‘lganini sezib, "œha" ma’nosida boshimni silkitdim.
— Qanday yaxshi... Kechadan beri toleim shunchalik o‘zgardiki!
Qo‘llarini men o‘tirgan kursi suyanchiqlariga qo‘yib ustimga egildi. Bu vaziyatda to‘rt tomonidan qurshalgan edim. Menga qo‘l tegizmaslik uchun hiyla bilan topilgan usul o‘tirgan yerimda meni kirpitikon singari hurpaytirar, yelkalarimni ko‘tarib orqaga chekinar edim. Juda yaqin kelib qolgan yuziga boqmaslik uchun ro‘molchamni o‘ynab turib:
— Amaking nima taklif qilyapti? — deb so‘radim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 16:11:51

— Bo‘ladiganga o‘xshamaydi. Meni elchixona sekretari qilib olmoqchi. Aniq bir maslagi yoki amali bo‘lmagan erkakni erkak emas, deb hisoblaydi. Men, tabiiy, uning fikrini aytyapman. "œKelajakda bir elchixona amaldori bilan Yevropaga ketish balki Faridani ham xursand qilar", deydi. Qaydam, shunga o‘xshash birtalay so‘zlar...
Suhbat jiddiy tus olgani uchun Komron meni qurshovidan chiqarib qaddini rostladi. Men ham darhol o‘rnimdan turdim.
Suhbatimiz uzilmadi.
— Bu taklifni nega "œbo‘ladigan gap emas" deding? Yevropaga borsang xursand bo‘lmaysanmi?
— Bu tomonini aytayotganim yo‘q. Bundan keyin men ko‘ngliga nima yoqsa qilaveradigan kishi emasman. Hayotimga aloqasi bo‘lgan har bir narsani sen bilan maslahatlashishga majburman. Shunday emasmi?
— Unday bo‘lsa keta berasan.
— Demak, Istambuldan ketishimga rozisan, a, Farida?
— Demak, erkak kishi uchun biron maslak zarur bo‘lsa...
— Mening o‘rnimda bo‘lsang sen ketarmiding?
— Ketardim deb o‘ylayman. Buning ustiga sen ham shunday qilishing kerak, deb o‘ylayman.
E’tirof qilishim kerakki, bu so‘zlarni yolg‘iz tilim aytar edi. Dilimda esa o‘sha dam butunlay boshqa narsani aytmoqda edim. Haqiqatda, meni ham tushunish kerak. "œSeni tashlab ketaveraymi?" deguvchiga boshqacha javob berib bo‘ladimi?

Qayd etilgan


shoir  13 Oktyabr 2007, 16:30:42

* * *

Bir oydan so‘ng Komronni G‘alata limanida kemaga o‘tqazdik. Uni Yevropa sayohatiga tashviq etganim uchun qarindoshlarimning hammasi meni tabrik qildi. Faqat Mujgongina xursand bo‘lmadi. Taqirdog‘idan menga yozgan xatida: "œYaxshi ish qilmabsan, Farida. Rozi bo‘lmasliging kerak edi. Eng yaxshi vaqtlaringizni ayriliqda o‘tkazishdan nima ma’no bor? To‘rt yil darrov o‘tib ketadigan vaqtmi?" debdi.
Lekin bu to‘rt yil Mujgon qo‘rqqanidan ancha tez o‘tdi.
Komron pensiyaga chiqqan amakisi bilan Istambulga butunlay qaytib kelganda, maktabni bitirib chiqqanimga bir oy bo‘lgan edi.
Maktabdan chiqish! Men u yerda yashab turgan paytlarimda bu olaqorong‘i binoga kaptarxona, deb ot qo‘ygan edim. Qo‘limda yaxshimi-yomonmi bir diplom bilan o‘zimni tashqariga otadigan kunimning men uchun qutulish bayrami bo‘lishini aytib yurardim. Lekin kunlarning birida kaptarxona eshigi ochilganda, o‘zimni, bo‘yimni birmuncha uzaytirgan qora chorshaf, baland poshna tuflilar bilan ko‘chaga chiqqanimda butunlay gangib qoldim. Buning ustiga xolam ham chorbog‘da to‘y taraddudini boshlab yubordi. Bu narsa meni tamoman shoshirib qo‘ydi.

Qayd etilgan