DABBAT ul-ARZ (arab. - Yer hayvoni) - oxir zamon kelganining bir alomati sifatida chiqib keladigan Yer hayvoni. Bu xususda Qur’oni karimda xabar berilgan: "Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z-azob tushganida (ya’ni, qiyomat yaqinlashib qolganida) Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar" (Naml, 82-oyat).
ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Said) Zayd ibn Sobit ibn az- Zahhok al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 615 - taxm. 665) -Muhammad (sav)ning kotibi, Qur’on yozma matni tuzuvchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirgan va Muhammad (sav) huzurida Qur’onni o‘rgangan.