Masalliqlar30 dona uchun
1. 5 dona yufqa
2. 1 kg tovuq file (ko’krak qismi)
3. 0.5 kg qo’ziqorin (konservalangan qo’ziqorin soladigan bo’lsangiz, mayda to’g’rab, ich masallig’i pishgandan keyin qozonga solib, 1-2 aralashtirsangiz yetarli bo’ladi)
4. 1 dona piyoz
5. 3 dona bulg’or qalampiri
6. 0.5 bog’ petrushka
7. Masalliqlarni qovurish uchun 5-6 qoshiq yog’
8. Tuz, murch, zira, garmdori
Orasiga surish uchun:1 stakan (200ml) yog’
1 stakan (200ml) sutni bir chuqurroq idishda aralashtirib, yufqalarni ustiga surishga tayyor qilib qo’ying.
Ustiga1. Galeta uni yoki maydalangan non tolqoni
2. 0.5 stakan sut
3. 1/3 stakan yog’
4. 1 dona tuxum
Tayyorlanishi:Piyozlarni to’g’rab, yog’da qovuramiz. Biroz qizargandan keyin mayda to’g’ralgan tovuq go’shtlarni solib, ularni ham yaxshilab pishguncha qovuramiz. Navbati bilan bulg’orlani mayda to’g’rab solamiz. Qo’ziqorinni ham mayda to’g’rab qozonga solamiz, suvi chiqib pishguncha qozonni qopqog’ini yopib qovuramiz. Bu masalliqlar pishgandan keyin ziravorlarni va mayda to’g’ralgan petrushkani solib, 1-2 aralashtiramiz. Biroz ilishini kutamiz. Bazan qo’ziqorin judayam ko’p suv chiqaradi, yufqani ichiga solmasdan oldin, suvini biroz suzing.
Yufqani stolni ustiga yoyib yog va sutdan iborat aralashmadan suramiz. Yufqani 6 ga bo’ling. Bo’laklar uchburchak shaklida bo’ladi. Tayyorlagan ich masallig’imizdan yufqa bo’laklarining keng tarafiga 1 qoshiqdan solib (men 1 qoshiq solaman) bukamiz. Qolgan butun yufqalarni ham shu tahlit kesib, hammasini o’rab chiqing.
Tuxum, yog’, sutni yana alohida idishda qaralashtiramiz. Agar yufqalarni orasiga surgan sutingizdan ortgan bo’lsa, usti uchun berilgan o’lchovda bu yerda ishlatishingiz mumkin. Bo’reklarimizni avval sutli qorishimga botiramiz, so’ngra esa hamma tarafini non uvoqlariga (galeta unu) botiramiz. Sutli qorishimda namlangani uchun osongina non uvoqlari yopishadi. Duxovka listini yog’lab bo’reklarni teramiz. Usti qizarguncha pishiramiz. Men tahminan 50 daqiqa pishiraman. Yoqimli ishtaha.
Bo'rekni o'rash usuli (albatta bilmaganlar uchun:)