Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bunday deydi», — dedilar: «Mening bandamga munosabatim uning mening haqimdagi fikru o‘yiga bog‘liq bo‘lib, agar meni yod etsa, hamisha unga yormen! Agar ul meni ko‘nglida yod etsa, men ham uni ko‘nglimda yod etgaymen, agar ul meni ko‘pchilik orasida yod etsa, men ham uni undan afzalroq ko‘pchilik ichida yod etgaymen. Agar ul menga bir qarich yaqinlashsa, men unga bir tirsak yaqinlashgaymen, agar ul menga bir tirsak yaqinlashsa, men unga bir quloch yaqinlashgaymen, agar ul men tomon yurib kelsa, men ul tomon chopib borgaymen!».
Buxoriy rivoyati, sahih