- 38 -
Ishq kimyoyi ahmar, olam do’kon emasmu?
Mardi Xudog'a ma’lum, usta do’kon emasmu?
Ko’nglumda ishq Turi, tushti tajalli nuri,
Har bir oting zuhuri, sham’i jahon emasmu?
Sartosari jahong'a, boqsa baloyi to’fon,
Ey qavmi Nuh qo’rqing, Haq kishtibon emasmu?
Eman daraxtidinkim Musog'a o’t ko’rundi,
"Inni analloh" oytur, asrori jon emasmu?
Isoyi ruhparvar, tarki taalluq aylar,
Ko’k sahnida qalandar, yaxshi makon emasmu?
Yahyoni yig'i tutti, Odam o’zin unutti,
Yunusni nahang yutti, bu imtihon emasmu?
Xush har Hayyu Subhon, xush qudrat, xush ilhon,
Jannat ichinda Rizvon, bir bog'bon emasmu?
Oshiq murodi dilbar, zohidni mayli minbar,
Jomi xurramni istar, Haq lomakon emasmu?
Ayni sahardadur gul, oshufta misli bulbul,
Ko’rgoch ani qizil gul, ruxsori qon emasmu?
Zinhor, ey suxan var, behuda to’kma gavhar,
Ko’ngul xazonasig'a til, posbon emasmu?
Maxdumi pokbozi, parvozi shohbozi,
Sohib xuruj g'oziy, chun Arslon emasmu?
Maxmur oldi dilu jon, quydi mayi arg'uvon,
Sulton Sotuq Bug'roxon, piri mug'on emasmu?
Dargohlari kibriyo, islom ochib beriyo,
Sarhalqai avliyo, sohib Qur’on emasmu?
Avlodi anbiyodur, sardori avliyodur,
Mardi rahi Xudodur, oliy nishon emasmu?
Davr davri Ahmad, xoyr ul-bashar Muhammad,
Dunyovu ding'a sarmad, shar’i bayon emasmu?