Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Bugungi kungi mulohazalarim.
Bolalik bilan xayrlashganimga ham uncha ko'p bo'lmadi. Hozirgi kunda talabaman. Hamisha katta bo'lishlikni, ko'p narsalar bilishlikni, mustaqil bo'lishlikni, hadeb tergamasliklarini hohlardim. Oddiygina qilib aytganda ulg'ayishga shoshilgan ekanman. Kunlar shunaqangi sekin o'tardi. Bir kunim yuz yilday tuyulardi. Bolalik ... Balog'at ... Yigitlik ... Qarilik ... va yana Bolalik.!
Agar bolalar biron bir nojo'ya ish qilib qo'ysa, " - Nega bunaqa qilding? " deb so'raymiz. Bolalar aytishadi, " - Xov anavi ham qildiku, men ham qilsam nima qilibdi." Biz aytamiz, " - Sen o'zinga javob ber." Bola mulzam, nima deyishini bilmaydi. Bola baribir bolada qiladigan ishini fahmiga yetmaydi.
Bizchi? Biz kattalar ham ba'zida bolalardan ham battar, yo'q aniqrog'i ba'zida emas, har doim shunaqamiz. Falonchi unaqa qilayapti, falonchi bunaqa qilayapti deb yurak bag'rimiz o't bo'lib yonadi. Xuddi quruq qolib ketganday, o'zimizni o'tga cho'qqa uramiz. Qancha vaqt shunaqa qilarkin deb o'ylab ham ko'rmaymiz. Xoy baraka topgur sabr qilgin, boriga shukr qilgin deyishsa ham, yo'q undan qayerim kam deymiz-u, o'sha qilganda men qilmaymanmi deb hech tap tortmasdan qilaveramiz. Bolalarimiz bir xato ish qilib qo'ysa, o'zimizni bunda aybdor ham his qilmaymiz. Omon bo'lsin birodarimiz, osongina bor yo'g'ini unga ag'daramiz qo'yamiz. Nima emishki, o'sha buzgan tamom vassalom. Bilmaymizki, asal hech qachon aynimaydi.
O'ylab qarasam, bizlar bola tabiat ekamiz. Asal yeyishni yaxshi ko'ramiz-u, ammo yetishtirishga kelsak, qochamiz. Ollohning iymonli, e'tiqodli bandalari bor ekan, InshoOlloh, biz o'shalar soyasidan barhamand bo'lib turamiz. O'shalar borki, dunyomiz tinch, fayzli va barokatlidir. Men yashab turgan joy - tinch, fayzli va rizqli ekan, demak men Ollohning suygan bandalari bilan birga ekanman, InshoOlloh. Shunday barokatli kunlarga yetkazgan mehribon Olloh taologa mingdan - ming hamdlar aytib qolaman.
Yaxshi amallar hamisha hamrohingiz bo'lsin,Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!