Shu onda asarini joylamoqda bo'lganim Sobir Sayxonni "Adashganlar" nomli asarlarini bundan ko'p yillar muqaddam o'qigandim.
Taqdir nasib ekan, o'tgan yillari O'zbek tili bo'yicha bergan kursimga o'zlari tashrif buyurdilar, meni tabrikladilar. 1 hafta oldin O'zbekistondan qaytganliklari uchun menga O'zbekcha gazeta va jurnal hadiya etdilar.
U kishi rostdan ham juda Vatanparvar, shevalari esa hech buzilmagan, odam hayron qoladi, boshqa yurtda tug'ilib-o'sishlariga qaramay bu alfozda "toza" Farg'ona shevasida qanday qilib gapirish mumkin...mashalloh....
Sobir Sayhonni bu asarlarini ham o'qib chiqishingizni qattiq tavsiya etaman. Ana shunda otalarimizni Vatan, deb chekkan nolalarini yana bir bora eshitganday bo'lamiz, Vatanimizni qadriga yana bir bora yetamiz, azizlar....