Ammo jaholat va kufr hukmron bo’lgan zamonlarda ayolning holiga voy edi. Unga bir buyum, erkaklarning ko’ngilxushi sifatida qaralardi. Islomgacha bo’lgan arab dunyosida qiz farzandlarni tiriklay ko’mish odat tusiga kirgandi. Ayollarni cho’ri sifatida olib sotishardi, tanfurushlik qilib, pulini xojasiga topshirishga majburlashar, xotinlari sonini ko’payirib, ularni xo’rlashar, zulm ko’rsatishar edi.
Hatto, o’zini ancha madaniyatli va hur fikrli sanagan G‘arb olamida ham ayollarning holiga maymunlar yig’lardi. Unga bir xizmatkor yoki bir buyum sifatida qaralardi. "œShaytonning urg’ochisi", degan nomlar bilan kamsitib, xo’rlashardi. Hatto, G‘arb mamlakatlaridan birining parlamenti "œAyolni inson, deb hisoblash kerakmi-yo’qmi?" degan masalani muhokama qilgan ekan. Nasroniy olimlar erkaklarni yo’ldan ozdirguvchi, bolalarni yamlamay yutuvchi bu dunyoni "œayol dunyo", deb ta’riflagan ekanlar.
Ammo Islom qonunlari asosida yashay boshlagan o’lkalarda ayolning mavqei oshdi, sha’ni ulug’landi, huquqi kengaydi. Uning jamiyatdagi huquqlari haqida gapirmay qo’yaqolaylik, hatto, oiladagi huquqlarining kengligi va adolatparvarligi hozirgi G‘arb tadqiqotchilarini ham hayratga solyapti. Islom shariatiga ko’ra, erkak xonimining ro’zg’or, kiyim-kechak, yemak-ichmak sohasidagi barcha sarfu-xarajatlarini, ehtiyojlarini zimmasiga oladi, uning ruxsatisiz Hajga ham ketolmaydi, agar ayoli bolani emizishni xohlamasa, bu ishga boshqa ayolni pulga yollaydi, xonimiga yaxshi muomalada bo’lib, uning nuqson-ayblarini, sirlarini yashiradi va hokazo.