ENG KATTA CHOY PAKETCHASI...
Dunyodagi eng katta choy paketchasi 2002 yil 22 iyulda "Lipton Yellou leybl" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Uning uzunligi 3,18 metr, eni 2,21 metrni, og‘irligi esa 8,9 kilogrammni tashkil etgan. Uning ichida yetti kilogramm, ya’ni 3500 chashkaga yetarli choy bo‘lgan. Ushbu ulkan choy paketchasi Pokistonning Karachi shahrida namoyish qilingan.