18 yillik turmushdan so'ng u o'z eri uchun birinchi martta kechki ovqatni ko'ngildagidek tayyorlay olmadi. Sabzavotlar va go'sht kuyib, salat esa sho'r bo'lib ketgandi.
Er kelib to ovqatni yeb bo'lguniga qadar lom-mim demadi. So'ngra u oshhonada idishlarni yuvayotgan vaqtda er uning oldiga keldi, unga qarab tabassum qilib peshonasidan o'pdi.
"Bu nima uchun" deya so'radi u erining qilgan ishiga ishongisi kelmay.
Bu kecha pishirgan ovqating menga sening yangi kelinchaklik vaqtlaringni yodimga soldi, shu sababli men ham senga yangi kelinchakka bo'lgani kabi muomilada bo'lishni istadim" ♥
Bu yaxshi va to'g'ri yo'ldagi, o'z ayolining hatolarini to'g'rilab, uni yaxshilik bilan hal qila oladigan erning timsolidir, chunki payg'ambarimiz s.a.v. "Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahlu ayoliga yaxshi munosabatda bo’lganlaringizdir. Men sizlardan ko’ra ham o’z ahlu ayolimga yaxshiman. Xotinlarni faqat yaxshi odamlargina izzat-ikrom qilur, ahlu ayollarni faqat yomon odamlargina xoru zor qilur." deya marhamat qilganlar